Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijon va Krasnoyarsk mehnat migratsiyasi sohasida mintaqalararo hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi
Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Krasnoyarsk o‘lkasiga tashrif buyurib, gubernator Viktor Tolokonskiy bilan hamkorlik muzokaralarini o‘tkazdi. Unda ikki mamlakatning mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlik istiqbollariga muhim e'tibor qaratilishi qayd etildi.
Muzokaralar natijasi o‘laroq, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini Rossiya hududida vaqtinchalik mehnat faoliyati yuritishga jalb qilish hamda migratsiya sohasidagi vakolatli organlarni ta'sis etishga doir Hukumatlararo kelishuvning imzolanishi kutilmoqda.
Mazkur hujjatlarning imzolanishi ishchilarning huquqiy himoya qilinishiga qat'iy kafolatlar berish, ularni munosib turar-joy, tibbiy hamda ijtimoiy sug‘urta bilan ta'minlash imkonini yaratadi.
Uchrashuvda Krasnoyarsk o‘lkasida o‘zbek diasporasining kattaligini (30 mingga yaqin kishi) hisobga olgan holda, mehnat migratsiyasi sohasida mintaqalararo hamkorlik o‘rnatish, shu jumladan malakali o‘zbek mutaxassislarining Krasnoyarsk o‘lkasi korxonalarida faoliyat yuritishini tashkillashtirish maqsadga muvofiq ekani ta'kidlandi.
Mavzuga oid
14:06 / 26.05.2025
Yaponiya bozori uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi
16:59 / 08.04.2025
Polsha biznes-missiyasi UzFood 2025 xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etdi
21:12 / 20.11.2024
Sankt-Peterburgda migrantlar uchun patent narxi 30 foizga oshadi
20:53 / 19.10.2024