Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Apple’ning yangi zavodi Hindistonda paydo bo‘ladi
Apple kompaniyasi Hindistondagi ilk zavodini yaqin besh-olti hafta ichida ochadi. Bu haqda kompaniyadagi manbaga asoslangan holda The Wall Street Journal xabar bermoqda.
Zavod mamlakatning Bangalor shahrida qad ko‘taradi. Kompaniyaning o‘zidagilar bu yangilikning batafsil ma'lumoti bilan o‘rtoqlashishni istashmadi, biroq shuni ta'kidlashdiki, bu masaladagi muzokaralar hind hukumati bilan ochiq ruhda o‘tkazilgan.
Tahlilchilarning aytishicha, kompaniyaning Hindistonda paydo bo‘luvchi zavodi taraqqiy etayotgan bozorda uning imkoniyatlarini yanada oshiradi. Bundan tashqari, ushbu mamlakatda ishlab chiqarilayotgan qurilmalar ancha arzonlashadi. Ayrim ma'lumotlarga ko‘ra, qurilmalarning qiymati 100 dollargacha tushish ehtimoli bor.
Apple Hindistonda o‘z zavodini ochish rejasi borligi haqida ilk marta joriy yilning fevralida ma'lum qilgan edi.
Mavzuga oid
20:40 / 27.05.2025
Hindiston xususiy firmalarga zamonaviy qiruvchi samolyotlarini yig‘ishga ruxsat berdi
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
21:17 / 23.05.2025
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi
16:44 / 22.05.2025