Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentning 400 chorrahasida kameralar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi
Toshkentning 115ta chorrahasiga o‘rnatilgan kameralar hamda yo‘llardagi tezlik o‘lchovchi radarlar o‘z samarasini bera boshladi. Xususan, kameralar jarima yozishni boshlagan 15 mart kuni 8 ming 500dan ortiq qoidabuzarlik aniqlangan bo‘lsa, Toshkent shahar IIBB taqdim etgan ma'lumotlarga ko‘ra, 22 martga kelib, bu raqam deyarli 4 barobarga kamaygan va 2 ming atrofini tashkil etgan.
Shu bilan birga, ta'kidlanishicha, bu ishlar yanada takomillashtiriladi va davom etadi. Xususan, respublika Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi inspektori, kapitan Akmal Yunusovning ma'lum qilishicha, kameralar faoliyatini yo‘lga qo‘yishning ikkinchi bosqichida Toshkent shahrining 400 chorrahasi qamrab olinadi. Uchinchi bosqichda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar ma'muriy markazlaridagi chorrahalarda kameralar qoidabuzarliklarni qayd eta boshlaydi.
YouTube
Tas-IX
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025