Samarqand shahar 1-tug‘uruqxona bosh iqtisodchisi pora olayotganda ushlandi
Camarqand viloyati huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari Samarqand shahar 1-tug‘uruqxona bosh iqtisodchisi Anvar Ochilovni 2400 dollar pora olayotgan joyida qo‘lga oldilar, deb xabar qilgan Sputnik O‘zbekiston muxbiriga kuch tuzilmalaridagi manba.
Huquq muhofaza qilish organiga murojaat qilgan shaxs Anvar Ochilov uning ikki qarindoshini ushbu tug‘uruqxonaga hamshiralikka joylab qo‘yish uchun chet el valyutasida pora talab qilayotganini ma'lum qilgan.
Arizachiga ko‘ra ikki ayol ham o‘rta-maxsus ma'lumotga ega. Huquqni muhofaza qilish organlari ma'lumotlariga ko‘ra, Ochilov daromad olish maqsadida o‘z xizmat lavozimidan foydalangan holda tug‘uruqxonaga pul evaziga ishga joylab qo‘yish mexanizmini yo‘lga qo‘yib olgan.
“Ushbu holat yuzasidan tergov ishlari davom etmoqda”, - deyiladi xabar yakunida.
Mavzuga oid
14:48 / 17.11.2024
Farg‘onada IIB xodimiga 3000 dollar pora taklif qilgan shaxs qo‘lga olindi
13:49 / 14.11.2024
Samarqandda o‘quvchi avtobus urib yuborishi oqibatida halok bo‘ldi
13:46 / 14.11.2024
Sirdaryoda haydovchidan pora olgan YPX xodimi qamaldi
17:40 / 12.11.2024