Hafta voqealari suratlarda: Shavkat Mirziyoyevning mashinasi, Afg‘onistonda Navro‘z, yangi rangli iPhone 7
O‘tgan hafta mobaynida dunyoning barcha burchaklarida o‘ziga xos turli voqealar bo‘lib o‘tdi. Ularning barchasi qiziqarli va diqqatga sazovordir. Ammo ana shu voqealar suratlar orqali qabul qilinsa, u yanada jonlanadi, yanada boyidi.
Kobulda Navro‘z bayrami munosabati bilan shar sotayotgan sotuvchi. Afg‘oniston, 2017 yilning 21 marti.
AQSh Prezidenti Donald Tramp yuk mashinasi rulida. 2017 yilning 24 marti.
Terrorchilardan ozod etilgan g‘arbiy Mo‘sulning tumanlaridan biri. 2017 yilning 19 marti.
Katrin Blumen Bryusseldagi uyida joylashgan kolleksiyasida. Uning kolleksiyasida 20 mingta o‘yinchoq bor. 2017 yilning 21 marti.
Siyosatchi Aleksey Navalniyga Barnauldaligida yashil dori bilan hujum qilishdi. 2017 yilning 20 marti.
Janubiy Koreya qirg‘oqlarida 2014 yil cho‘kib ketgan «Sevol» nomli kemani suv ostidan chiqarish operatsiyasi. 2017 yilning 23 marti.
Hongkongdagi tuman. 2017 yilning 20 marti.
Amerikalik milliarder Devid Rokfeller 101 yoshida olamdan o‘tdi. Devid Rokfeller — dunyodagi ilk dollar milliarderi, Standart Oil neft kompaniyasi asoschisi Jon Rokfellerning nabirasi edi.
Apple kompaniyasi ortiqcha shovqin va tadbirsiz yangi rangdagi iPhone 7 hamda 7 Plus’ni taqdim etdi. Shuningdek kompaniya yangi planshet – iPad’ni ham namoyish etdi.
Hindistonda yana bir noodatiy chaqaloq dunyoga keldi. Tibbiyot xodimlari bu holatga tashxis qo‘ya olishmadi. Mahalliy aholi vakillari esa unga “O‘zga” deb nom qo‘yishdi.
Farg‘ona viloyatining Quva tumanida istiqomat qiluvchi Sherzod Mirzayev bir necha yillardan buyon savat to‘qish bilan shug‘ullanadi. To‘qima savatlar ayni paytda foydalanish uchun qulay va narxi arzondir.
Toyota kompaniyasi Sienna minivenini yangiladi, u aprel oyida Nyu-Yorkda tashkillashtiriladigan avtoshouda taqdim etiladi. Model tashqi qiyofasi biroz o‘zgardi, shuningdek yangi xususiyatlarga ega bo‘ldi.
Ostonada Qozog‘iston Respublikasi Mudofaa vaziri, general-polkovnik Saken Jasuzakov hamda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi rahbari general-polkovnik Qobul Berdiyev o‘rtasida muzokaralar o‘tkazildi. Tashrif davomida Milliy mudofaa universitet hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari akademiyasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandum imzolandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev respublikada ishlab chiqariladigan Chevrolet Malibu avtomashinasini boshqarishni xush ko‘rishi tasdiqlandi. Davlat rahbari 25 mart kuni Toshkent shahridagi qurilishi tugallangan va rejalashtirilayotgan inshootlarni borib ko‘rdi.
AQSh prezidenti Donald Tramp tarafdorlarining Kaliforniya shtatidagi Xantington-Bich shahridagi namoyishi prezident tarafdolari va unga qarshi chiqayotganlarning ommaviy mushtlashuvi bilan tugadi.
Mavzuga oid
14:05 / 10.06.2023
Jizzaxda sevgan qizining uyatli rasmlarini internetda tarqatish bilan qo‘rqitgan yigit qo‘lga olindi
20:29 / 15.10.2019
Ularni bu rakursda ko‘rmagansiz: Shaharlarning qush parvoz qiladigan balandlikdan olingan suratlari
12:24 / 04.03.2019
Akslardagi g‘aroyib go‘zallik
11:58 / 30.01.2019