Jizzaxda sevgan qizining uyatli rasmlarini internetda tarqatish bilan qo‘rqitgan yigit qo‘lga olindi
Yigit qizning uyatli video va foto tasvirlarini Telegramʼdagi kanallarda tarqatmaslik evaziga undan 800 dollar talab qilgan.
Jizzax shahrida yashovchi qiz IIBga murojaat qilib, sevgan yigiti uning yalang‘och holdagi video va foto tasvirlarini ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yubormaslik evaziga 800 AQSh dollari talab qilayotganini bildirgan.
IIV TDQ Kiberxavfsizlik markazining xabar berishicha, qizga tahdid qilgan shaxs Jizzax shahrida yashovchi, 19 yoshli yigit ekani aniqlangan.
Ma’lum bo‘lishicha, yigit qiz bilan sevishib, ishqiy munosabatda bo‘lgan vaqtlarida uylanish istagi borligini aytib, uning ishonchiga kirgan. So‘ng yashirin tarzda qizni kiyimsiz holatda foto va videotasvirga olgan
Keyinroq, qizning boshqa yigit bilan unashtirilganini eshitgan yigit uning uyatli video va rasmlarini Telegramʼdagi kanallarga tarqatib yuborib, nikoh to‘yini buzish bilan qo‘rqitgan. Shuningdek, qizning uyatli video-foto tasvirlarini o‘chirish evaziga 800 dollar talab qilgan.
Tezkor tadbirda yigit qizdan kelishilgan 800 dollarning bir qismi sifatida berilgan 4 mln so‘m pullarni olgan vaqtida ushlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan yigitga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Qonunga muvofiq, O.R. tomonidan sodir etilgan jinoiy harakatlar uchun 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.
Mavzuga oid
20:04 / 21.11.2024
Otasining yoniga ko‘milgan qizaloqlar: opa-singil mast “poygachi”ning qurboni bo‘ldi
09:31 / 20.11.2024
Jizzaxda ikki bola mashina urib ketishi oqibatida vafot etdi
09:00 / 13.11.2024
1,1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan sex aniqlandi
09:25 / 06.11.2024