Armaniston prezidenti zaruriyat tug‘ilsa "Iskander"lardan foydalanishni ikkilanmay buyurishini aytdi
Armaniston prezidenti va oliy bosh qo‘mondoni Serj Sargsyan "Iskander" majmualaridan foydalanish ehtimoli mavjudligini inkor etmasligini bildirdi.
"Agar zaruriyat tug‘ilsa bugunoq Armaniston oliy bosh qo‘mondoni kiprik qoqmasdan "Iskander" majmualaridan foydalanish haqida buyruq beradi. Buni qo‘shni davlatdagilar ham juda yaxshi tushunib turishibdi", — dedi Sargsyan tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ Respublikasidagi harbiy xizmatchilar va ularning oilalari oldida chiqish qilar ekan.
Prezident o‘tgan yilning aprelida Tog‘li Qorabog‘dagi nizo keskinlashgandan so‘ng yuz bergan harbiy to‘qnashuvlarni eslatdi. Bu holatda, prezidentning so‘zlariga ko‘ra, arman harbiy xizmatchilari yovni uloqtirib tashlashga muvaffaq bo‘lgan. "Biz ularning rejalarini barbod qildik, axborot urushda ham yengdik", — dedi Sargsyan, o‘tgan davr ichida chegaralar mustahkamlanib, qo‘shinlarga yangi qurol berilganini qo‘shimcha qilar ekan.
"Bugun bizning urush istayotgan qo‘shnimiz hududidagi barcha yo‘nalishlar bo‘yicha, eng muhim infratuzilmalargacha o‘ta zamonaviy va qaqshatkich zarba beruvchi kuchlar yo‘naltirilgan", — degan prezident.
2016 yilning aprel oyi boshlarida Armaniston va Ozarboyjon Qorabog‘ nizosi hududida vaziyatning keskinlashgani haqida bayonot berib, 5 aprelga kelib o‘t ochishni to‘xtatishga erishgan edilar. Lekin Boku va Yerevan hanuzgacha o‘q uzishlar davom etayotgani xususida bir-birini ayblab keladi.
Qorabog‘ nizosi 1988 yilning fevralida Tog‘li Qorabog‘ muxtor viloyati Ozarboyjon tarkibidan chiqishni e'lon qilganidan so‘ng boshlangan. 1991 yilning sentabrida Tog‘li Qorabog‘ muxtor viloyati markazi Stepanakertda Tog‘li Qorabog‘ Respublikasi tuzilgani e'lon qilingan. 1992 yildan buyon YeXHTning Minsk guruhi doirasida mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilish borasida muzokaralar olib borilmoqda. Ozarboyjon o‘z hududiy yaxlitligini saqlab qolish uchun kurashmoqda, Armaniston esa asosiy aholisi armanlar bo‘lgan tan olinmagan respublika manfaatlarini himoya qilib kelmoqda.
Mavzuga oid
21:21 / 14.11.2024
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyasini eng katta muammo va fojia deb atadi
14:26 / 13.11.2024
BMT sudi: Armaniston va Ozarboyjonning da’volari bizning yurisdiksiyamizda
17:29 / 12.11.2024
Mirziyoyev BMT miqyosida Daryo ekotizimlarining butunligi deklaratsiyasini tuzishga chaqirdi
23:45 / 11.11.2024