Jamiyat | 11:47 / 28.03.2017
4690
1 daqiqa o‘qiladi

Eyfel minorasida o‘q o‘tkazmaydigan shishali to‘siqlar o‘rnatiladi

Parij shahri ma'muriyati Eyfel minorasi yonida o‘q o‘tkazmaydigan shishali to‘siqlarni o‘rnatmoqchi. U piyodalar ustiga avtomobilda bostirib borishning oldini olishda ham yordam beradi, deb yozmoqda Figaro gazetasi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, shishali to‘siqlar Eyfel minorasining ikki tomonida o‘rnatiladi, kirish-chiqish eshiklari hamda ko‘plab nazorat punktlari bo‘lgan boshqa tomonda esa metall panjaralar joylashtiriladi. Parij ma'muriyati fikricha, xavfsizlikni oshirishning shunday usuli “oddiy to‘siqlardan ancha chiroyliroq ko‘rinadi”. Ta'kidlanishicha, bu chora “terrorchilikning yuqori tahdidi” sabab ko‘riladi.

To‘siqlar qiymati 20 million yevroga baholanmoqda, ularni o‘rnatish 2018 yilning o‘rtalarida yakunlanadi.

Xabarlarga ko‘ra, Parij shahri ma'muriyati qarori Londonda o‘tgan haftada yuz bergan terakt fonida qabul qilindi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid