Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Toshkent-Chirchiq-Chimyon» yo‘lida ko‘chki sodir bo‘ldi
26 mart kuni soat 17:05 atrofida Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani Uchterak qishlog‘i hududidan o‘tuvchi 4R6 «Toshkent-Chirchiq-Chimyon» avtomobil yo‘lining 69-kilometrida «G‘azalkent-Chimyon» yo‘nalishida 2 metr kenglikdagi, uzunligi 15−20 metr bo‘lgan yo‘lning qatnov qismida ko‘chki yuzaga kelgan. Bu haqda O‘zbekiston IIV YHXBB matbuot xizmati xabar qildi.
Xabarda aytilishicha, 27 mart kuni soat 09:00 atrofida ushbu ko‘chki sodir bo‘lgan joyning maydoni 4−4,5 metr kenglikka va 35−40 metr uzunlikka kattalashgan.
Sodir bo‘lgan ko‘chki natijasida mahalliy aholiga va turar-joy binolariga zarar yetmagan.
Tabiiy ofat oqibatlari bartaraf etilgunga qadar «Toshkent-Chirchiq-Chimyon» avtomobil yo‘lining 58 km dan 71 km gacha qismida avtomobillarning harakatlanishi to‘xtatilgan.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025