Sport | 19:41 / 29.03.2017
11403
1 daqiqa o‘qiladi

«Qo‘rqinchli» byust. Krishtianuga yoqmadi

Portugaliyaning Madeyra orolidagi aeroportga «Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu nomi berildi.

29 mart kuni shu voqea munosabati bilan tashkil qilingan tantanali tadbirlar o‘tkazildi. Unda futbolchining o‘zi va orol rasmiylari ishtirok etishdi. Tadbir davomida futbolchiga bag‘ishlangan haykalning ochilish marosimi ham bo‘ldi.

Telegraph xabariga ko‘ra, tadbirning guvohi bo‘lganlar haykalning «beo‘xshov» ekanini qayd qilishgan.

Ronalduning o‘zi ham uning ko‘rinishidan hayron qolgan. Hozircha bu borada orol rasmiylarining fikri ma'lum qilinmadi.

Qayd etish kerakki, Madeyra hukumati bunday qarorni bir necha bor tanqid qilib chiqqandi.

 

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid