Jamiyat | 17:00 / 29.03.2017
12014
2 daqiqa o‘qiladi

"Mahalla" xayriya jamoat fondining asosiy vazifalari nimalardan iborat?

11 ta tuman bo‘linmalariga ega bo‘lgan O‘zbekiston "Mahalla" xayriya jamoat fondining Toshkent shahar bo‘limi ma'lum qilishicha, jamoat fondining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilangan:

  • Aholining tarixan tarkib topgan udum va an'analarini asrab-avaylash va ularni boyitishga har tomonlama ko‘maklashish;
  • Kam ta'minlangan oilalar, nogironlar, yetimlarga hamda yolg‘iz qolgan qariyalarga nisbatan insonparvarlik va mehr-shafqat munosabatida bo‘lish g‘oyalarini targ‘ib qilish, ularga moddiy va ma'naviy yordam ko‘rsatish;
  • Bozor iqtisodiyoti sharoitida mahallalarni ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy rivojlantirishga ko‘maklashish.

Yilning har choragida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati sohasiga oid masalalar yuzasidan tuman, shahar hokimliklarining hisobotlarini eshitish amaliyoti keng yo‘lga qo‘yildi. Xalq deputatlari shahar kengashlari sessiyalarida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati samaradorligini oshirishga doir masalalar muntazam ravishda muhokama etilmoqda.

Mavzuga oid