Sanches qamoqxonada futbol o‘ynaganini hikoya qildi

Chili terma jamoasi hujumchisi Aleksis Sanches sportchilik faoliyatining ilk bosqichini esladi.
«Men juda yoshligimdan futbolchi bo‘lishni orzu qilganman. Men g‘alaba qozonishni sevardim va har bir o‘yinda maksimal natijaga erishishni istardim. Biron turnirni o‘tkazib yubormaslikka harakat qilardim. Men avvaliga darvozabon edim, ammo murabbiy bir o‘yinda meni hujumda o‘ynatgan va hujumchiga aylandim.
Men ko‘chalarda futbol o‘ynardim, hatto bir safar qamoqxonaga futbol o‘ynash uchun borganmiz. Maydon juda yomon holatda edi va men o‘shanda ham darvozaga turganman», - deya Sanchesning so‘zlarini keltirgan «Arsenal» matbuot xizmati.
Britaniya nashrlari Aleksis Sanches yozda «Arsenal»ni tark etishi haqida yozishmoqda. 28 yoshli bu futbolchi uchun «PSJ», «Bavariya» va «Yuventus» kabi jamoalar da'vogar bo‘lib turibdi.
Chili terma jamoasi safida Sanches ikki marta Amerika Kubogida g‘alaba qozongan.
Mavzuga oid

16:01 / 20.07.2021
Oq uy Guantanamo qamoqxonasini yopishga qaror qildi

19:05 / 06.07.2021
6 iyuldan mahkumlarning qarindoshlari bilan uchrashuvlari vaqtincha to‘xtatildi - IIV

10:00 / 29.06.2021
«Mahkuma». Farzandi qamoqda tug‘ilgan ayol hikoyasi

21:52 / 03.06.2021