Sport | 12:03 / 30.03.2017
7800
2 daqiqa o‘qiladi

«Hakam «Real»ga yordam beradi». «Barselona» Pikeni qo‘llab-quvvatladi

«Barselona» vitse-prezidenti Jordi Kardoner jamoa himoyachisi Jyerar Pikening «Real»ga hakamlar Ispaniya chempionatini yutishga yordam berayotgani haqida aytgan so‘zlariga izoh berdi.

Pike shuningdek intervyularidan birida Messi va Neymarga ayblov qo‘yayotgan kishilar «Santyago Bernabeu»ning VIP-lojasida o‘tirishlarini gapirgan edi.

«Men o‘qigan va eshitganlarim bo‘yicha Pike yolg‘on ishlatmagan. «Barselona» har doim haqiqat tomonida bo‘lgan. Ha, haqoratli gap, ammo yolg‘on emas. Pike o‘z fikrini bildirgan va unutmaylikki, bizda so‘z va fikr erkinligi bor. Bu kabi to‘g‘riso‘zlik kimgadir og‘ir botishi mumkin, ammo u juda aniq gapirgan. «Barselona» u tomonda», - deya Kardonerning so‘zlarini keltirgan Goal.

«Barselona»dagilar tilini tiygani ma'qul». Ramos Pikega javob qaytardi

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid