O‘zbekiston delegatsiyasi Gruziyaga bordi. Elchixonalar ochilishi mumkin
Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Gruziyaga tashrifni amalga oshirdi. Delegatsiya vakillari Gruziya parlamenti raisi Irakliy Kobixadze bilan muzokaralar o‘tkazgan.
Muzokaralar doirasida tomonlar ikki tomonlama munosabatlarni, jumladan, mintaqada transport va infratuzilmalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha munosabatlarni muhokama etishgan.
Ular shuningdek, O‘zbekiston va Gruziya diplomatik vakolatxonalar ochilishi imkoniyatlarini ko‘rib chiqishgan. Safoyev Kobaxidzeni O‘zbekistonga taklif etgan.
O‘zbekiston delegatsiyasi tashrif davomida Gruziya Iqtisodiyot vaziri Georgiy Gaxariy bilan uchrashuv o‘tkazgan.
Tomonlar eksport salohiyatini oshirish, erkin savdo rejimida mahsulotlar tranzitini yo‘lga qo‘yish va ikki tomonlama huquqiy bazani takomillashtirishga kelishib oldi.
O‘zbekiston va Gruziya vakillari turizm, aloqa va tashqi savdo kabi sohalardagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi va yangi loyihalar rejalarini belgilab oldi.
Transport sohasi va yuk tranziti masalasida hamkorlik qilish O‘zbekiston va Gruziya munosabatlarida muhim yo‘nalish ekani qayd etilgan. O‘zbekiston tomoni Gruziya transport-logistika imkoniyatlariga qiziqish bildirgan.
Mavzuga oid
13:56 / 19.11.2024
Tanzila Norboyeva Senat raisi lavozimiga qayta saylandi
23:10 / 26.10.2024
Gruziyada parlament saylovlari yakunlandi. Hukmron partiya va muxolifat o‘z g‘alabasini e’lon qildi
15:20 / 26.10.2024
«O‘zbekistonning BRICS'ga a’zo bo‘lishi kun tartibida emas» – Sodiq Safoyev
21:11 / 21.10.2024