Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namangan va Sverdlovsk kardiologlari tajriba almashadi
Avval xabar berganimizdek, Rossiyaning Sverdlovsk viloyatiga 28 mart kuni Namangan viloyati delegatsiyasi tashrif buyurdi. Uning davomida qator sohalarda hamkorlik masalalari yuzasidan tajriba almashilmoqda. Buni Rossiya federatsiyasida muhim o‘rin tutgan Ural kardiologiya institutidagi muzokaralardan yaqqol bilish mumkin.
Institut direktori Yan Gabinskiy shunday dedi: «Sverdlovsk viloyati kardiologiyasi juda tez rivojlanmoqda. Bugun biz O‘zbekistonlik hamkasblarimizga angiografning yangi avlod uskunalarini ko‘rsatdik. Bemorlarga chidamli stentlar qo‘yish orqali koronar qon tomirlar miqdori jihatidan Rossiya federatsiyasida eng katta ko‘rsatkichga egamiz».

- Bunday tajribalarni o‘z yurtimizda biz ham yanada kengaytirishimiz kerak. Buning uchun mutaxassislarimizni bu yerga yuborish orqali tajribalar almashamiz. Sverlovsk viloyati mutaxassislarini esa birga ishlashga chorlaymiz, - dedi Namangan viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Solijon Mo‘minov.
Shuningdek, ikki tomon rasmiy vakillari ishtirokida sohalar rivoji yuzasidan muzokaralar ham tashkil etildi.
Hojiakbar Pattayev
Mavzuga oid
22:51 / 27.05.2025
Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
01:49 / 27.05.2025
Namanganda daraxtga urilgan Nexia-3 yonib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
23:54 / 26.05.2025
Namanganda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» vaqtida qizlarning sochi yonib ketdi
17:17 / 22.05.2025