Jamiyat | 13:51 / 31.03.2017
11255
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda “Ko‘k kit” yuzasidan tushuntirish ishlari o‘tkazilmoqda

Samarqand transport prokuraturasi tomonidan “Huquqbuzarliklar profilaktikasi  va o‘z joniga qasd qilish holatlarini oldini olish” yuzasidan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda. 

Huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligini oshirish maqsadida temir yo‘l atrofida joylashgan ta'lim muassasalarida, mahallalalarda xavfsizlikni ta'minlashga qaratilgan profilaktik uchrashuvlar va davra suhbatlari o‘tkazilmoqda. 

Temir yo‘l atrofida joylashgan ta'lim muassasalari, xususan Samarqand temir yo‘l transporti kasb-hunar kollejida o‘quvchilarining kunlik davomatlari olinmoqda. RF, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va boshqa davlatlarda internet orqali kirib kelayotgan “Siniy kit”, “Tixiy dom”, “Razbudi menya v 4.20”, “f57” nomli o‘yinlarning yakunida asosiy o‘yin ishtirokchilari hisoblangan voyaga yetmaganlarning o‘z joniga qasd qilish holatlari ko‘payib ketayotgani sababli tushuntirish ishlari olib borilmoqda. 

Temir yo‘l atrofida ekstremal harakatlar sodir etish bilan boshlanishi mumkinligi e'tiborga olgan holda, bu kabi o‘yinlarning salbiy oqibatlari, milliy mentalitetimizga to‘g‘ri kelmasligi, insoniyat taraqqiyotiga g‘ov ekanligi bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Mavzuga oid