Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentning Yunusobod tumani IIBga yangi boshliq tayinlandi
Toshkent shahrining Yunusobod tumani IIBga podpolkovnik Elbek Xayrullayev boshliq etib tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston IIVning «Na postu» gazetasi xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan shanba kuni O‘zbekiston Prezidenti shahar aylanish vaqtida Yunusobod tumaniga ham tashrif buyurgandi. Prezident ko‘priklar qurilishi bo‘yicha olib borilgan ishlar va militsiya faoliyatidan qoniqish hosil qilmagan. Shundan so‘ng - 25 mart kuni tumani hokimi Mira'zam Mirqosimov lavozimidan ozod etilgan.
Shuningdek Yunusobod tumani rahbariyati faoliyati keskin tanqid qilingan. Aynan shu sababdan nafaqat tuman hokimi, balki, Soliq boshqarmasi, prokuratura va IIB rahbarlari ham ishdan olingandi.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025