Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Seul: Pxenchxanda bo‘lib o‘tadigan Olimpiadada shimoliy koreyalik sportchilar ham ishtirok etishi mumkin
Janubiy Koreya hukumati 2018 yilgi qishki Olimpiadada qatnashmoqchi bo‘lgan shimoliy koreyalik sportchilarga hech qanday to‘sqinlik qilinmasligi haqida ma'lum qildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
«Shimoliy Koreyaning Janubiy Koreya hududida bo‘lib o‘tadigan sport tadbirlaridagi ishtirokiga keladigan bo‘lsak, agarda ular barcha kerakli qoidalar va jarayonlarga amal qilishsa, biz ularning kelishiga qarshilik qilmaymiz», - deyiladi Koreya Respublikasining birlashuv ishlari bo‘yicha vazirligi bayonotida.
Ma'lumot uchun, XXIII qishki Olimpiya o‘yinlari Janubiy Koreyaning Pxenchxan shahrida 2018 yilning 9-25 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
21:24 / 27.05.2025
XOQ rossiyalik sportchilarni 2026 yilgi Qishki Olimpiada o‘yinlariga kiritmadi
14:39 / 27.05.2025
Shimoliy Koreyada amaldor ag‘darilgan esminets tufayli hibsga olindi
10:43 / 26.05.2025
“Koreyada olgan tajribani qishlog‘imda qo‘llamoqchiman” – bo‘sh yerlarni o‘zlashtirayotgan shahrixonlik yigit
00:47 / 24.05.2025