Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda “Lasetti” haydovchisi ikki nafar insonning hayotiga zomin bo‘ldi
2017 yilning 02 aprel kuni, soat 11-20larda, Toshkent shahar, M.Ulug‘bek tumani TXAY ko‘chasi, “Frank medial” MChJ qarshisida, “Lasetti” rusumli avtomashina ikki nafar piyodalarni urib yubordi. Bu haqda O‘zbekiston IIV matbuot xizmati xabar berdi.
Hodisadan so‘ng ushbu transport vositasi qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan boshqa “Lasetti” avtomashinasiga urilgan. Yo‘l-transport hodisasi oqibatida ikki nafar fuqaro vafot etgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, yo‘l-transport hodisasini sodir etilishida gumonlanayotgan “Lasetti” avtomashinasi haydovchisi ushlangan.
“Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda”, - deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025