Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda issiq suvni o‘chirish jadvaliga o‘zgartirishlar kiritildi
Toshkentda issiq suvni o‘chirish jadvaliga o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda “Toshissiqquvati” unitar korxonasi xabar qildi. Unga ko‘ra ikkita issiqlik markazida issiq suvning o‘chirilish muddatlariga o‘zgartirish kiritilgan.
IM-9da issiq suvning to‘liq o‘chirilishi 1-5 may (17-21 aprelning o‘rniga), IM-10da 10-14 aprel kunlariga (24-28 aprelni o‘rniga) belgilandi.
Issiqlik markazlari yo‘nalishi:
IM-9
Hudud: Chilonzor 9, G9A, 10, 13-15, 15A, 21-25, 30, 31 dahalari, Sharq, Al Xorazmiy – 1, 2, Beshqayrag‘och, Guliston, Izza mavzelari, Taqachi, Guliston, Shirin, Lutfiy, Katta xalqa yo‘li, O‘rikzor, Katta Xirmontepa, Kichik xalqa yo‘li, Beshqayrag‘och, To‘qimachi, Nashriyot, Yu.Sakkokiy, Foziltepa, Farhod ko‘chalari, O‘rikzor bozori hududi.
IM-10
Hudud: Forobiy, Beruniy, Muxbir, Mirzo G‘olib, Shifokorlar, Talabalar, Katta xalqa yo‘li, Qamarniso, Qoraqamish 1-ko‘cha, Shifokorlar 2-ko‘chasi, Yoshlik, Chimboy, Jarariq mitti tumanlari, Qoraqamish – 2/3, 2/4, Beshqo‘rg‘on – 1, 2, 3, 4, Qamarniso O‘zMU – ToshDTU, Olimpiya, Ibn Sino 1, 2, Beltepa, Shifokorlar shaharchasi.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025