Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzaxda kontrafakt disklar savdosiga chek qo‘yildi
Jizzax viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan olingan tezkor ma'lumotga asosan, tegishli idoralar bilan hamkorlikda Jizzax tumani hududida tezkor tadbir o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Jizzax viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati
Tadbir davomida, Jizzax tumani hududida yashovchi J.Sagatovning (ism-sharif o‘zgartirilgan) yashash xonadoni amaldagi tartiblarga muvofiq va xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, o‘z xonadonida hech qanday hujjatlarsiz MR-3 va MR-4 formatdagi har xil teleserial, badiiy va jangari filmlar, klip, konsert hamda qo‘shiqlarni qo‘lbola usulda DVD va CD disklarga yozib, sotish uchun tayyorlab qo‘yganligi ma'lum bo‘ldi.
Tezkor tadbir davomida xonadondan jami 3135 dona kontrafakt DVD va CD disklar hamda ularni ko‘paytirish uchun ishlatilgan kompyuter jamlanmalari va har xil rangli bo‘yoqlar ashyoviy dalil sifatida olindi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Ma'lumot uchun, 2017 yilning o‘tgan davri mobaynida Jizzax viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan aniqlangan 29 ta holatda salkam 42 mln. so‘mlik tovar-moddiy boyliklarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yilgan.



Mavzuga oid
17:03 / 22.05.2025
«Abdunazarovni majburiy keltirish choralari ko‘rilmoqda» – IIB yuk mashinalariga doir firibgarlik haqida
20:44 / 21.05.2025
Tanzila Norboyeva Jizzaxda korrupsiya holatlari bo‘yicha tanqidiy yig‘ilish o‘tkazdi
17:58 / 21.05.2025
Traktordan “Kamaz”gacha: Jizzaxda odamlar kutilmagan usulda chuv tushirib ketilmoqda
09:27 / 15.05.2025