Fan-texnika | 17:11 / 05.04.2017
3427
1 daqiqa o‘qiladi

Amazon bolalar tufayli 70 million dollardan ayriladi

Foto: The Verge

Amazon kompaniyasi bolalar tomonidan ota-onalar xabarisiz mobil ilovalar orqali qilingan xaridlar uchun 70 million dollarni qaytarib beradi. Federal savdo komissiyasi shunday qaror chiqardi. Bu haqda The Verge xabar bermoqda.

2016 yilda Federal sud Amazon ota-onalarni, shartli ravishda bepul bo‘lgan ilovalarda ichki xaridlar bo‘lishi mumkinligi haqida yaxshi xabardor etmagani, shuningdek, pullar tasodifan yechilishining oldini olish borasida cheklovlar o‘rnatmagani haqida qaror chiqardi. Shu tariqa, kompaniya 2011 yilning noyabridan 2016 yilning mayiga qadar amalga oshirilgan xaridlar uchun 70 million dollarni qaytarib berishga majbur.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid