Fan-texnika | 09:10 / 05.04.2017
8998
1 daqiqa o‘qiladi

Smartfonlar uchun o‘zini o‘zi tiklovchi shisha yaratildi

Foto: Wang Lab

AQShning Kaliforniya universitetilik kimyogarlar guruhi o‘zini o‘zi tiklovchi hamda elektr quvvatini o‘tkazuvchi materialni yaratishdi. Bu uni smartfonlarga displey sifatida ishlatish imkonini beradi, deb xabar bermoqda Business Insider.

Tadqiqot mualliflaridan biri Chao Vanning aytishicha, material sinov jarayonlarida qirilish va turli ehtimoliy zarar yetkazilishga ancha yaxshi bardosh bergan. Agarda uni ikkiga bo‘lib tashlansa, butunlay tiklanishi uchun bir sutkadan kamroq vaqt talab etiladi. U shuningdek boshlang‘ich uzunligidan 50 marotabaga kattalashishi ham mumkin.

Materialga iop-dipolli o‘zaro harakat sifatida mashhur bo‘lgan valentli aloqa turi asos qilib olingan. Shu tariqa, unga zarar yetsa yoki ikkiga bo‘lib tashlansa, ion hamda molekulalar bir-biriga yaqinlashadi va yuza qismi tiklanadi.

Mualliflarning bildirishicha, yaratilgan yangi material smartfonlardan tashqari, robototexnika va biosensorlarda ham qo‘llanilishi mumkin.

Mavzuga oid