O‘zbekiston | 20:12 / 05.04.2017
12393
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahridagi ko‘p qavatli turar-joylarda 4 914 ta kuzatuv kamerasi o‘rnatildi

Toshkent shahar uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish tizimida turar-joy fondi, uy oldi uchastkalari, lift xo‘jaligini mukammal va joriy ta'mirlash bo‘yicha belgilangan ishlar olib borilmoqda. Hozirgi vaqtda Toshkent shahrida 2375 XUJMSh xizmat ko‘rsatuvchi 9378 ta ko‘p qavatli turar-joy va 1805 ta davlat jamoat binolari joylashgan.

2016 yil davomida ko‘p qavatli uy-joy fondida 4280 ta ko‘p qavatli uylarning 737 448 m.kv. tom qismi mukammal va joriy ta'mirlandi. 5591 ta ko‘p qavatli uyning yerto‘la qismida ta'mirlash va tartibga keltirish ishlari olib borildi. 8958 ta kirish yo‘laklari ta'mirlandi, 357 ta kirish yo‘laklariga temir eshiklar va 1394 ta kodli qulflar o‘rnatildi. 37483 m.kv. framuga oynalari ta'mirdan chiqarildi. 2578 ta uy-joylarning ichki elektr taqsimlovchi shitlari ta'mirlanib, tartibga keltirildi. 1181 ta bolalar maydonchasi ta'mirdan chiqarildi. 1678 ta ko‘p qavatli uylarning old qismidagi 567 620 m.kv. yo‘laklar (trotuarlar) ta'mirlandi. Bundan tashqari, 4914 ta kuzatuv kamerasi o‘rnatildi.

Kommunal korxonalarning muhandislik tarmoqlari va inshootlarini mukammal va joriy ta'mirlash ishlari bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilgan. 30,9 km issiqlik tarmoqlari, 20,3 km sovuq suv tarmoqlari, 2,9 km kanalizatsiya, 18,4 km tabiiy gaz tarmog‘i, 332 km elektr tarmog‘i, 563 ta transformator punkti, 27 ta qozon mukammal ta'mirdan chiqarildi. 466,6 km issiqlik tarmog‘i joriy ta'mirlandi, 117,7 km qismi qayta izolyatsiyalandi, 518 ta qozon, 799 km elektr tarmog‘i va 1014 transformator punkti joriy ta'mirdan chiqarildi.

Toshkent shahrida ijtimoiy soha obektlari bo‘yicha 16 ta maktab, 30 ta bolalar bog‘chasi mukammal ta'mirlandi. 100 ta maktab, 4 ta mehribonlik uyi va internat, 157 ta bolalar bog‘chasi, 60 ta kasalxona joriy ta'mirdan chiqarildi.

Mavzuga oid