Sport | 15:14 / 06.04.2017
16508
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston FIFA reytingida yuqoriladi

FIFA terma 2017 yilning 6 aprel holatiga ko‘ra, terma jamoalarning yangi reytingini e'lon qildi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi 3 pog‘ona yuqorilab 586 ochko bilan 60-o‘rindan joy oldi. O‘zbekiston terma jamoasi reytingda bir pog‘ona pastlagan Rossiya terma jamoasini ortda qoldirdi.

Osiyoda O‘zbekiston terma jamoasi 6-o‘rnini saqlab qolgan. Qit'ada Eron (28-o‘rin), Janubiy Koreya (43), Yaponiya (44), Avstraliya (50) va Saudiya Arabistoni (52) terma jamoasidan keyingi o‘rinda joylashgan.

Reytingning top-10ligida o‘zgarish yuz bergan Braziliya uzoq tanaffusdan keyin reytingda Argentinani quvib o‘tib, birinchi o‘ringa ko‘tarilib olgan. Kolumbiya esa 5-o‘ringa ko‘tarilgan bo‘lsa, Belgiya 7-o‘ringa tushib ketgan.

Mavzuga oid