Sport | 22:09 / 06.04.2017
36488
2 daqiqa o‘qiladi

Boks. O‘zbekiston termasining 4 nafar vakili finalda, 3 nafari bronza bilan kifoyalandi

O‘zbekistonlik yetti nafar bokschi Tailand poytaxti Bangkok shahri mezbonlik qilayotgan Qirol kubogi—2017 musobaqasida ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmatining «Kun»ga ma'lum qilishicha, bugun 7 nafar bokschi yarim final janglarida ishtirok etgan. Ularning 4 nafari, Hasanboy Do‘stmatov, Isroil Madrimov, Elnur Abduraimov va Shahram G‘iyosov o‘z janglarida g‘alaba qozongan. Shahobiddin Zoirov, Murod Ahmadaliyev va Jasur Latipov esa bronza medal bilan kifoyalangan.

-49 kg. Hasanboy Do‘stmatov — Kim Yun Song (Janubiy Koreya) 3:0
-52 kg. Jasur Latipov — Tanes Ongjun (Tailand) 1:2
-56 kg. Shahobiddin Zoirov — Chatchai Butde (Tailand) 1:2
-60 kg. Murod Ahmadaliyev — Somchaya Vongsuvan (Tailand) 1:2
-64 kg. Elnur Abduraimov — Roxit Tokas (Hindiston) 3:0
-69 kg. Shahram G‘iyosov — Txarimalunganom Txulasi (Qatar) 3:0
-75 kg. Isroil Madrimov — Tiraponga Deye (Tailand) 3:0

Final janglari — 8 aprel kuniga belgilangan.

Hasanboy Do‘stmatovning finaldagi raqibi Hindiston vakili Shiam Kumar Kakara bo‘ladi. Elnur Abduraimov Vuttichai Masuk (Tailand), Shahram G‘iyosov Ahmedov Sadriddin (Qozog‘iston), Isroil Madrimov esa Osley Iglesias Estrada (Kuba) bilan bahslashadi.

Federatsiya vakilining ta'kidlab o‘tishicha, bu turnir jamoa uchun o‘quv mashg‘uloti o‘rnida bo‘lib, bu turnirda Osiyo chempionatiga keladigan raqiblar o‘rganiladi.

Mavzuga oid