Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Rossiya turizm sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuv imzoladi
6 aprel kuni O‘zbekiston va Rossiya hukumatlari o‘rtasidagi turizm sohasida hamkorlikni rivojlantirish haqidagi kelishuv imzolandi va shu kundan boshlab kuchga kirdi. Bu haqda huquq ma'lumotlari portaliga asoslani RIA Novosti xabar bergan.
Ikki mamlakat o‘z fuqarolarini bir-birining an'analari, fan, iqtisodiyot, ijtimoiy taraqqiyot, madaniyat, tabiat maskanlari, tarixiy yodgorliklari bilan tanishtirish maqsadida turizm sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib olgan.
«Tomonlar xalqaro anjumanlar, forumlar, seminarlar, ko‘rgazmalar, ommaviy axborot vositalaridagi chiqishlar vositasida «Buyuk Ipak yo‘li» kabi o‘zaro turistik yo‘nalishlar hamda brendlarni rivojlantiradi», — deyilgan xabarda.
OAVda reklama kampaniyalari va turizmni rivojlantirish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish, bir-birlarining hududlarida tashkil qilinadigan turistik yarmarka va ko‘rgazmalarda ishtirok etish, tanishtiruv sayohatlarini uyushtirish, turizm sohasiga investitsiyalar kiritishni qo‘llab-quvvatlash, turizm sohasida axborot va malaka almashish ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikning asosiy sohalari sifatida belgilangan.
Ushbu kelishuv imzolangan kuni — 2017 yil 5 apreldan kuchga kirgan.
Fevral oyida bosh vazir o‘rinbosari Rustam Azimov O‘zbekiston va Rossiya turizm bo‘yicha kelishuv imzolashi haqida ma'lum qilgandi.
U Rossiya fuqarolarining O‘zbekistondagi Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent va boshqa shaharlarga tashrif buyurishga qiziqish yuqori ekanligini qayd etib, mazkur yo‘nalishda tarixiy, ekologik, rekreatsion, gastronomik, madaniy va boshqa ko‘rinishdagi turizm sohalarini rivojlantirish bo‘yicha ulkan istiqbol mavjudligini ta'kidlagandi.
Shuningdek, u o‘zbekistonliklar orasida nafaqat Moskva va Sankt-Peterburg, balki Oltin halqa shaharlari, Volga va Shimoliy Kavkaz, Qora dengiz va Baykal ko‘liga sayohat qilishga qiziqish oshib borayotganligini qayd etgandi.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyevning Moskvaga tashrifi vaqtida «Aeroflot» Samarqandga yangi muntazam reysni yo‘lga qo‘yishi bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
17:13 / 27.05.2025
O‘zbekiston Rossiya fuqarolarining mamlakatga kirishini yengillashtirishi mumkin
12:13 / 21.05.2025
O‘zbekistonliklar uchun viza olishni osonlashtirish bo‘yicha AQSh bilan muzokara o‘tkaziladi
16:40 / 14.05.2025
Haj va Umra ziyoratlarini noqonuniy tashkil etishga uringan sayyohlik firmalari aniqlandi
17:42 / 12.05.2025