Subaru yangilangan Outback universalini namoyish qildi
Subaru kompaniyasi yangilangan Outback universalini namoyish qildi. Mashinaning jahon premerasi 12 aprelda ochiladigan Nyu-York motorshousida bo‘lib o‘tadi.
Modelning kuzovi old qismidan bir oz o‘zgargan: o‘zgacha radiator, tajovuzkorroq bamper va shamol shovqinini kamaytirishga yordam beruvchi o‘zgacha ko‘rinishdagi yon oynalar paydo bo‘ldi. Shuningdek, shovqin izolyatsiyasini yaxshilash uchun yangi old oynalar va yo‘g‘onroq orqa shinalar o‘rnatilgan.
"Autbek" uchun podveska modernizatsiya qilindi: yangi amortizatorlar o‘rnatilgan, rul boshqaruvi elektr kuchaytirgichi va tepkining bosilishiga ta'sirchanligi kuchaytirilib tormoz tizimi qayta sozlandi, variator ishini shovqinsizroq qilish uchun uning zanjiri almashtirildi.
Salonda bezak materiallari yaxshilangan va markaziy konsol almashtirilgan. Universal 6,5 yoki 8 dyuymli ekranga ega yangi multimedia tizimi bilan jihozlandi.
Mashinaning kuch qurilmalari 175 ot kuchiga ega 2,5 litrli, 4 silindrli va 256 ot kuchiga ega 3,6 litrli, 6 silindrli motorlardan iborat. Ikkala dvigatel ham 7 ta "virtual" uzatmali Lineartronic uzatmalar qutisi bilan juftlikda ishlaydi.
Outback AQShda yozda sotuvga chiqariladi.
Mavzuga oid
18:48 / 14.11.2024
Subaru kosmik teleskopi noyob halqasimon galaktikani aniqladi
14:18 / 28.01.2019
Subaru Yaponiyadagi yagona zavodi ishini qayta tikladi
01:53 / 08.06.2018
Subaru prezidenti mojaro sababli iste'foga ketdi
11:44 / 28.10.2017