Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FIFA JCh-2018’ga 2 mlrd dollarga yaqin sarmoya kiritadi
Xalqaro futbol federatsiyasi – FIFA 2018 yili Rossiyada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionatini tashkil etish va o‘tkazishga 1,948 mlrd AQSh dollari miqdorida sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda. Bu haqda tashkilotning 2016 yil yakunlariga doir moliyaviy hisobotida ma'lum qilingan. Hujjat tashkilot saytida joylashtirilgan.
Xarajatlar borasida eng ko‘pi 627 mln dollari joylarda musobaqalarni tashkil etishga sarflangan. Bu 2016 yilda umumiy sarflangan mablag‘larning 32 foizini tashkil etadi. Musobaqa qatnashchilariga berilgan mukofot pullari 400 mln dollardan iborat bo‘lib, jami xarajatlarning 21 foizidir.
Teleko‘rsatuvlar ishlab chiqarishga 12 foiz yoki 241 mln dollar mablag‘ sarflangan. Xarajatlarning 11 foizini, ya'ni 209 mln dollarini jahon birinchiliklarida ishtirok etgan futbolchilarning klublariga to‘lovlar tashkil etadi. Boshqa xarajatlar (jamoalarning transport xizmati, hakamlarga to‘lovlar kabilar) 211 mln dollarni yoki o‘tgan yilgi jami sarflangan mablag‘larning 11 foizini tashkil etgan.
Eslatib o‘tamiz, JCh-2018 kelasi yil 14 iyunidan 15 iyuliga qadar Rossiyaning 11 shahri: Moskva, Sankt-Peterburg, Qozon, Nijniy Novgorod, Saransk, Kaliningrad, Volgograd, Yekaterinburg, Samara, Sochi va Rostovdagi 12ta stadionda bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
18:54 / 10.12.2019
JCh-2018 mezbonligi korrupsiya orqali qo‘lga kiritilgan bo‘lishi mumkin
14:37 / 05.12.2018
FIFA «Milliy» stadioni chimini yangilashga pul ajratadi
08:19 / 04.12.2018
Infantino G20 ishtirokchilariga JCh-2018 to‘plarini sovg‘a qildi
12:53 / 09.11.2018