Qoʻshimcha funksionallar
- 
                  Tungi ko‘rinish 
«MYu» autsayderni mag‘lub etdi
 
                                    
                                «Manchester Yunayted» APLning 32-turida «Sanderlend» maydoniga safar qildi. Sanderlenddagi «Stedium of Layt» stadionida kechgan uchrashuv mehmonlar jamoasining 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Uchrashuv avvalida Zlatan Ibrahimovich uzoq masofadan darvozani ishg‘ol qildi. 43-daqiqada Sebastyan Larsson Lyuk Shouga nisbatan ishlatilgan qo‘polligi uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka oldi.
Ikkinchi bo‘lim boshida Genrix Mxitaryan raqib jarima maydoniga yorib kirib, uzoq burchakni aniq ishg‘ol qildi. O‘yin yakunida Ibrahimovichning pasini Markus Rashford golga aylantirdi - 0:3.
Endilikda «MYu» jamg‘argan ochkolar soni 57taga yetdi va jamoa to‘rtinchi o‘rindagi «Manchester Siti»dan 4 ochko ortda qolgan holda beshinchi o‘rinda joylashgan. «Sanderlend» 20 ochkosi bilan 20-o‘rinda qolmoqda.
Angliya chempionati
32-tur
Sanderlend – Manchester Yunayted 0:3 (0:1, 0:2)
Gollar: 0:1 – 30 Ibrahimovich, 0:2 – 46 Mxitaryan, 0:3 – 89 Reshford.
Sanderlend – Pikford, Kone, Ovedo (Mankilo, 39), Jons, Denayyer, Ndong, Kettermoul (Borini, 66), Roduell, Larsson, Anichebe, Defo.
Manchester Yunayted –  Romero, Bayi, Shou (Blind, 61), Darmian, Roxo, Fellayni, Pogba, Errera, Mxitaryan (Marsiyal, 78), Lingard (Reshford, 64), Ibrahimovich.
Ogohlantirishlar: Shou (15), Lingard (64), Fellayni (79), Marsiyal (82), Ndong (85), Darmian (90).
Chetlatish: Larsson (43).
Mavzuga oid
 
                        11:18 / 06.01.2025
«MYu» uyg‘ondi va «Liverpul»ga kurash taklif qildi
 
                        15:54 / 15.01.2024
«MYu» hujumchilari gol ura boshladi, Ispaniyada peshqadam ochko yo‘qotdi. Yevropada kun o‘yinlari
 
                        15:36 / 08.05.2023
«MYu»da qora hafta, «Arsenal» hamon poygada. Yevropada kun o‘yinlari
 
                        22:33 / 02.05.2021
 
               
             
              