Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«MYu»da qora hafta, «Arsenal» hamon poygada. Yevropada kun o‘yinlari
Yevropa futbolida yakshanba oqshomida ro‘y bergan asosiy voqealar, o‘yinlardagi gollar va turnir jadvallaridagi vaziyat.
Angliya: «Liverpul» uchun foydali kun
APL. 35-tur
Nyukasl – Arsenal 0:2
Gollar: 0:1 – 14 Edegor, 0:2 – 71, avtogol Sher.
Nyukasl – Poup, Tripper, Sher, Botman, Bern (Targett, 82), Bruno Gimaraes, Uillok (Sen-Maksimen, 78), Merfi (Almiron, 65), Joelinton (Anderson, 81), Uilson (Gordon, 78), Isak.
Arsenal – Remsdeyl, Uayt, Gabriel, Kiver, Zinchenko (Tirni, 61), Jaka, Jorjino, Edegor (Parti, 80), Saka (Nelson, 87), Martinelli (Trossar, 80), Gabriel Jyezus (Nketia, 87).
Angliyada turnir jadvalining ikkinchi va uchinchi pog‘onalarida joylashgan jamoalar o‘rtasidagi turning markaziy o‘yini hal qiluvchi ahamiyatga ega edi. Ayniqsa «Nyukasl» uchun. «Arsenal» «Manchester Siti» endi chempionlikni boy berishidan umid qilishi — fantastika. «Qarg‘alar» esa qolgan o‘yinlar natijalariga ko‘ra Chempionlar ligasi orzulari bilan xayrlashishiga to‘g‘ri kelishi ham hech gap emas. So‘nggi vaqtlarda «Liverpul» yuqori tezlik olgan va g‘alabali seriya qayd etib kelmoqda.
Va birinchi bo‘lim barcha kutilmalarni oqladi. Mezbonlar ilk daqiqalardan londonliklar darvozasini qamal qilishdi, Merfining zarbasi to‘singa tegdi, Ramsdeyl qahramonlik ko‘rsatishiga to‘g‘ri keldi, 10-daqiqada esa bosh hakam Kivior to‘pni qo‘li bilan o‘ynagan deb topib, mehmonlar darvozasiga penalti belgiladi. Ammo videotakrordan keyin to‘p avval himoyachining oyog‘iga borgani va u qo‘lini olib qochgani ayon bo‘ldi.

Shu to‘xtalish o‘yinni sovutdi va mezbonlarning qattiq bosimini yengishda yordam berdi.
Mezbonlar, jumladan sobiq «kanonir» Uillok ham qator vaziyatlardan foydalana olmagan bo‘lsa, Edegor o‘z uslubida jarima maydoni tashqarisidan yo‘llagan zarbasi bilan Poupni ojiz qoldirdi. Norvegiyalik futbolchi «Chelsi» bilan o‘yindagi natijasini takrorlab, «Sent-Jyeyms Park» stadionida ham dubl qayd etishi mumkin edi. Ammo birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalar oxirida Poup uning yaqin masofadan yo‘llagan zarbasini oyoqlari uchi bilan to‘sib qoldi.

Lekin birgina aniq zarba «Arsenal» safida chempionatning bir mavsumida kamida 15 gol urgan yarimhimoyachilar soni ikki nafarga yetishi uchun yetarli bo‘ldi. Biroz avvalroq Gabriel Martinelli bu natijaga erishgandi. Edegorning goli esa g‘alaba uchun yetarli bo‘lmasligi mumkin edi. Sardor hisob 1:0 ekanida jarima maydoni ichida zarba berishga chog‘langan Uillokning oyog‘i ostidan to‘pni olib qo‘ygan Chakadan va ko‘p o‘tmay qarshi hujumda Sherni avtogol urishga majbur qilgan Martinellidan minnatdor bo‘lishi kerak. «Arsenal» hamon chempionlik poygasida qolmoqda va qolgan turlarda «Siti» ochko yo‘qotishidan umid qiladi.
Vest Hem – Manchester Yunayted 1:0
Gol: 1:0 – 27 Benrahma.
Vest Xem – Fabianski, Kerer, Ogbonna, Agerd, Kressuell, Souchek, Rays, Lukas Paketa, Benrahma (Fornals, 87), Bouen, Antonio.
Manchester Yunayted – De Xea, Uan-Bissaka (Diogu Dalot, 87), Shou, Lindelyof, Malasia (Fred, 88), Eriksen (Zabitser, 74), Kazemiro, Brunu Fernandesh, Antoni (Sancho, 74), Veghorst (Marsiyal, 57), Reshford.
Ogohlantirishlar: Malasia (36), Uan-Bissaka (64).
Yakunlangan hafta «MYu» uchun o‘ta muvaffaqiyatsiz kechdi, jamoa uch kun farqi bilan ikki o‘yinda mag‘lubiyatga uchradi. Avvaliga «Brayton»ga qarshi o‘yinda qo‘shib berilgan to‘qqizinchi daqiqada penaltidan gol o‘tkazib yuborilgandi (0:1), endi esa De Xea yana bir bor «qizil iblislar»ni uyaltirib qo‘ydi. Ispaniyalik darvozabon Benrahmaning u qadar kuchli bo‘lmagan zarbasini ushlab ololmadi va mavsumda to‘rtinchi bor golga olib kelgan xatoga yo‘l qo‘ydi.
Bu gol Devid Moyyes sobiq jamoasini 11 yil ichida ilk bor yengishi uchun yetarli bo‘ldi, bungacha qatorasiga uch o‘yinda yutqazgan «Vest Hem» xavfli hududdan uzoqlashib oldi (+7). Turnir jadvalining quyi qismidagi kurash Chempionlar ligasiga yo‘llanma beruvchi to‘rtlik uchun kurashdan ko‘ra qizg‘inroq kechmoqda. Endi «Nyukasl» va «MYu» zaxirada o‘yinga ega bo‘lgan holda «Liverpul»ni mos ravishda uch va bir ochkoga ortda qoldirmoqda.

Italiya: «Yuventus» ikkinchi o‘ringa chiqib oldi, Osimhen Veadan o‘zib ketdi
A Seriya. 34-tur
Atalanta – Yuventus 0:2
Gollar: 0:1 – 56, Ayling, 0:2 – 90+8, Vlahovich
Atalanta – Sportello, Dzappakosta, Toloi, Jimshiti, Skalvini, Mele, de Ron, Pashalich (Muriel, 60), Kopmeyners, Ederson (Boga, 49; Soppi, 65), Sapata.
Yuventus – Shchensni, Aleks Sandro, Danilo, Rugani, Kuadrado, Di Mariya (Kiyeza, 82), Rabio, Lokatelli, Fajoli (Pogba, 65), Milik (Vlahovich, 65), Ayling (Kostich, 82).
Ogohlantirishlar: Rabio (62), Mele (90).
Milan va Rim Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun o‘zaro kurashga kirishgan mahalda, «Yuventus» ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Bergamodagi o‘yinning birinchi bo‘limida sabr qilib, raqib hujumlarini qaytargan turinliklar ikkinchi bo‘limda o‘z maqsadiga erishdi va so‘nggi vaqtlarda o‘yinni tashlab yuborgan «Latsio»ni ortda qoldirishga muvaffaq bo‘ldi. «Atalanta» kuchli bosim uyushtirdi va ko‘p hujumlar zarba bilan yakunlandi, ammo haqqoniy golli vaziyat yuzaga kelmadi.
O‘z navbatida Massimiliano Allegri chap qanotni Ayling-Juniorga ishonib xato qilmadi. Ushbu angliyalik o‘tgan mavsumda U-19 jamoasida yorqin o‘yin namoyish etgan va 12 gol urgan. Endi esa asosiy jamoada gollar hisobini ochdi. E’tiborli tomoni - ushbu lateral golli hujumni qanotda raqibdan to‘pni olib qo‘ygan holda o‘zi boshlab bergandi.
Pogba esa o‘z imkoniyatidan foydalana olmadi. U ham, sheriklari ham raqib darvozabonini dog‘da qoldira olishmadi. Bunga javoban Shchensni xavfli jarima zarbasini qaytarishiga to‘g‘ri keldi, Kopmaynersning zarbasi ustunga tegdi. Faqat so‘nggi daqiqalarda Kiyeza va Vlahovich ishtirokidagi hujumda urilgan gol o‘yinga so‘nggi nuqtani qo‘ydi. Barcha turnirlar doirasidagi 21-o‘yinda darvozasi daxlsizligini saqlagan holda g‘alaba qozongan «Yuve» bu borada top-5 ligalarda faqat «Barselona» (25) va «MYu»dan (23) ortda. «Atalanta» esa ochkolar bo‘yicha «Milan»ga tenglashib olish imkoniyatini boy berdi.
Napoli – Fiorentina 1:0
Gol: 1:0 – 74, penalti Osimhen.
Aniq ijro etilmagan penalti, Osimhem, 48
Napoli – Gollini, Di Lorenso, Estigor, Kim Min Je, Olivera, Demme (Lobotka, 46), Zambo-Angissa, Elmaz (Dzerbin, 84), Losano (Kvaratsxeliya, 45), Raspadori (Zelinski, 46), Osimhen (Simeone, 78).
Fiorentina – Terrachchano, Dodo (Venuti, 46), Igor Julio, Milenkovich, Terzich, Bonaventura (Kastrovilli, 66), Dankan (Mandragora, 67), Amrabat (Kuame, 76), Gonsales, Sottil (Saponara, 76), Yovich.
Neapol 33 yil ichidagi ilk skudettoni nishonlashda davom etmoqda va jamoa muxlislari sevimli jamoasidan chempion maqomidagi ilk o‘yinida yorqin o‘yin kutishga haqli edi. Nima bo‘lganda ham avvalgi uik-endda «Salernitana» bilan o‘yinda g‘alabani saqlab qolishga xalal bergan, Udinedagi o‘yinda hisobda ortda borishga majbur qilgan bosim endi yo‘q edi. Ammo jamoa oxirgi haftalarda juda ko‘p kuch sarflab yuborgandi va yetakchilarning bir qismi zaxira o‘rindig‘ida qoldirildi. Masalan, Kvaratsxeliya faqat Losano jarohat olgani tufayligina zaxira o‘rindig‘idan ko‘tarildi.
Bir necha kundan keyin Konferensiyalar ligasi yarimfinalida o‘ynaydigan «Fiorentina» esa birinchi bo‘limda mustahkamroq ko‘rindi. «Fialkilar» neapolliklarga taqdim etishi mumkin bo‘lgan maksimum mehmondorchilik — chempionlik yo‘lagi edi. Ammo jamoa baribir «Napoli»ning bayramini buzishni istamadi, ikkinchi bo‘lim esa Osimhenning omad bilan personal qarama-qarshiligiga aylandi. Nigeriyalik futbolchining zarbasi darvozabondan o‘tganida ham gazonga cho‘pchib, to‘singa bordi.
U hatto penaltidan gol urolmadi va Terrachchano bilan duelni boy berdi. Ammo gazonga Xvichani yiqitishganida, Osimhen yana bir bor «nuqta»ga yaqinlashdi. Uning ikkinchi urinishi muvaffaqiyatli chiqdi, g‘alaba keltirdi va tarixiy ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu nigeriyalik hujumchining 47-goli bo‘ldi va endi u afsonaviy Jorj Veani ortda qoldirgan holda, Italiya chempionatidagi eng sermahsul afrikalikka aylandi.

Germaniya: «Borussiya» avjiga chiqdi
Bundesliga. 31-tur
Borussiya D – Volfsburg 6:0
Gollar: 1:0 – 14 Adeyyemi, 2:0 – 28 Aller, 3:0 – 37 Malen, 4:0 – 54 Bellingem, 5:0 – 59 Adeyyemi, 6:0 – 86 Bellingem.
Borussiya D – Kobel, Hummels (Ozdjan, 63), Zyule, Ryuerson (Passlak, 76), Jan, Brandt, Bellingem, Volf, Malen (Roys, 62), Aller (Mukoko, 63), Adeyyemi (Reyna, 69).
Volfsburg – Kastels, Bornauv, van de Ven, Gilavogi (Paredes, 46), Baku (Fisher, 46), Kaminski (Kotssa, 65), Arnold, Svanberg (Gerhardt, 65), Nmecha, Vimmer, Vind (Marmush, 65).
«Borussiya» chempionlik intrigasi tugab qolmasligi uchun barcha ishni qilmoqda. Adeyyemi ilk daqiqalardan «Volfsburg» himoyasini parokanda qilib tashladi. Bo‘yi u qadar baland bo‘lmagan hujumchi dastlab boshi bilan aniq zarba berdi. Keyin ajoyib qarshi hujum tashkillashtirdi, ammo barchasini so‘nggi pasni xato uzatgan Malen barbod qildi. Oqshom qahramoni bo‘lgan yosh hujumchi esa niderlandiyalik jamoadoshiga saboq berib, Allerni ideal darajadagi golli uzatma bilan ta’minladi. Agar o‘tgan turda Bohumdagi o‘yinda ham u bo‘lmaganida Dortmundning chempionlik uchun umidlari allaqachon so‘ngan bo‘lardi.
Bu turda esa «asalarilar» o‘ziga bog‘liq barcha ishni bajarishdi. Zarurat tug‘ilganida Kobel ham qutqardi. Xatosini tuzatgan Malen hisobni yirik ko‘rinishga keltirganida esa o‘yin taqdiri amalda hal bo‘ldi. Faqat yakuniy natija qanday ko‘rinish olishini taxmin qilish qolgandi. Amalda esa bu — «Volfsburg»ni kamsituvchi natijaga aylandi.
Adeyyemidan tashqari (2+1) dubl qayd etgan Bellingem va jamoadoshlariga uch bor assistentlik qilgan Brandtning o‘yinini e’tirof etish mumkin. Hummels esa bundesligada sariq-qora formalilar safidagi 200-g‘alabasini nishonladi. Undan ko‘proq g‘alabaga faqat klubning hozirgi sport direktori Mixael Tsork (206) erishgan.

Fransiya: intrigasiz liga
Liga 1. 34-tur
Trua – PSJ 1:3
Gollar: 0:1 – 8 Mbappe, 0:2 – 59 Vitinya, 1:2 – 83 Shavaleren, 1:3 – 86 Fabian Ruis.
Trua – Gallon, Bruus (Balde, 68), Rami, Palmer-Braun, Bani-Zukru, Larusi (Yade, 81), Shavaleren, Agume (Kuame, 68), Balde, Odober, Ugbo (Roni Lopesh, 80).
PSJ – Donnarumma, Ramos, Markinos, Danilu Pereyra, Bernat, Zair-Emeri, Verratti (Sanshesh, 80), Fabian Ruis, Vitinya, Mbappe, Ekitik (Soler, 80).
Messining jamoadan chetlatilishi «PSJ»ning Truadagi yakshanba kungi o‘yiniga qiziqishni oshirdi. Qolaversa, birinchi davrada ushbu raqib «Park de Prens»da kechgan o‘yinda chempionning asablariga o‘ynagan va bu o‘yinda g‘alabaga erishish uchun mezbonlar safidagi yulduzli trio a’zolarining har biri - Messi, Mbappe va Neymar gol urishi talab etilgandi (3:2).
Ammo yangi to‘qnashuvda amalda hech qanday intriga ro‘y bermadi va barchasini Mbappening tezkor goli hal qilib qo‘ydi. Kilian bu bilan cheklanmasligi ham mumkin edi, ammo vaziyatlardan foydalanishda oqsadi. Ba’zi holatlarda unga aniqlik yetishmadi, ba’zi holatlarda darvozabon yaxshi turdi, lekin o‘yin oxirida Fabian Ruisning uzoqdan yo‘llagan zarbasidan keyin mezbonlar uzil-kesil taslim bo‘lishdi. Bu gol bilan parijliklar hisob qisqarishiga tezda javob qaytarishgandi. Turnir jadvalida peshqadamlik hamon «PSJ»da va finishga to‘rt tur qolganida ikkinchi o‘rindagi «Lans» olti ochkoga ortda qoldirilgan.

Kun statistikasi
- Hujumchi Vahi «Monpele»ning Fransiya chempionatida poker qayd etgan 1-futbolchisi bo‘ldi. U joriy mavsumdagi gollari sonini 17 taga yetkazgan va bu boradagi 11 yil oldin Jiru tomonidan o‘rnatilgan klub rekordiga yetish uchun to‘rtta gol qolgan.
- Liga 1 chempionatida 75 yil ichida ilk bor bir o‘yinda ikki poker qayd etildi. «Monpele» va «Lion» o‘rtasidagi o‘yinda (4:5) Vahidan tashqari Lyakazett ham to‘rt gol urib, jamoasiga g‘alaba keltirdi. Fransiyada so‘nggi bor bunday holat 1974 yilda «Reyms» — «Monako» (8:4) o‘yinida kuzatilgan, o‘shanda Byanchi va Onnis to‘rttadan gol urishgan.
- «Nant» qatorasiga 6 turda kamida ikkitadan gol o‘tkazdi. Bu noxush seriya «kanareykalar» 1969 yildan buyon ilk bor oliy divizionni tark etishiga olib kelishi mumkin.
- APLning so‘nggi besh mavsumida «MYu» darvozaboni De Xea 11 marta golga olib keluvchi xatoga yo‘l qo‘ygan. Bundan ko‘prog‘i faqat Pikfordda (13).
- 23 mavsumdan keyin «Groningen» yana Niderlandiya yuqori divizionini tark etadi.
- «Verona»ning A Seriyadagi ikki safar g‘alabasi oralig‘i 372 kunni tashkil etdi.
Mavzuga oid
10:44 / 26.05.2025
Hakamning xatosi «Aston Villa»ni, «Yuventus»ning penaltisi «Roma»ni YeChLsiz qoldirdi. Kun o‘yinlari
09:45 / 25.05.2025
«Bernabeu» Modrich va Anchelotti bilan xayrlashdi. «Real» fanatlari ko‘z yoshlarini tiya olmadi
12:05 / 22.05.2025
«Tottenhem» finalda «MYu»dan ustun keldi va mavsumni qutqarib qoldi
10:12 / 21.05.2025