Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
APL. «Everton» Shekspir «ertagi»ga yakun yasadi
Angliya premer-ligasining 32-turidan o‘rin olgan yana bir uchrashuvda «Everton» «Lester»ni qabul qildi.
Uchrashuvning dastlabki daqiqalaridanoq ketma-ket gollar kiritildi. Avvaliga Devis 39-soniyadayoq jamoasini hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, Islom Slimani va Mark Olbrayton 10-daqiqagacha mehmonlarni hisobda oldinga chiqarib qo‘ydi. Ammo liverpulliklar birinchi bo‘limni o‘z foydasiga o‘zgartirishga muvaffaq bo‘lishdi. Romelu Lukaku va Fil Jagelka tomonidan kiritilgan gollar hisobni 3:2 ko‘rinishiga keltirdi. Ikkinchi bo‘limda Lukaku tomonidan kiritilgan yana bir gol o‘yinga so‘nggi nuqtani qo‘ydi.
Natijada «Lester» Shekspir boshchiligida qo‘lga kiritilgan ketma-ket olti g‘alabadan so‘ng APLda ilk marta mag‘lubiyatga uchradi. «Everton» g‘alabadan so‘ng ochkolari sonini 54taga yetkazib, «Arsenal»ga tenglashib oldi. Biroq «Arsenal»da uchta o‘yin zaxirasi bor. 32-turning so‘nggi uchrashuvida Arsen Venger shogirdlari ertaga «Kristal Pelas»ga qarshi uchrashuvda maydonga tushadi
Angliya premer-ligasi, 32-tur
Everton – Lester 4:2 (3:2)
Gollar: Devis (1), Lukaku (23, 57), Jagelka (41) – Slimani (4), Olbrayton (10).
Everton: Robles, Xolgeyt, Pennington, Djagelka, Beyns, Guyye, Shnayderlin (Berri, 73), Devis, Barkli, Lukaku, Miralyas.
Lester: Shmeyxel, Amarti, Benaluan, Hut, Chiluell, Olbrayton (Uloa, 78), King, Drinkuoter, Grey (Marez, 61), Slimani, Vardi (Musa, 61).
Ogohlantirishlar: Miralyas (29), Hut (29), Beyns (45), King (64).
Mavzuga oid
19:46 / 30.07.2023
O‘rtoqlik o‘yini. «Man Siti» «Atletiko»ga yutqazdi, «Liverpul» «Lester»ni yirik hisobda mag‘lub etdi
16:21 / 14.07.2023
Dele Alli «yorildi». Bolalikda tajovuzga uchragani, ruhiy muammolar, Pochettino va Mourino haqida
16:30 / 11.09.2022
«Lester»ning qulashi. Angliyaning 6 yil oldingi chempioniga nima bo‘ldi?
18:43 / 31.01.2022