Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
iPhone 8'ga aksessuarlarni ulash imkonini beruvchi konnektor o‘rnatiladi
Apple korporatsiyasi yangi iPhone'ga smartfonga turli aksessuarlarni ulash imkonini beruvchi Smart Connector'ni o‘rnatadi. Bu haqida The Verifier portalida xabar berildi.
Manbaga ko‘ra, Smart Connector orqali virtual yoki to‘ldirilgan reallik ko‘zoynaklari, quloqchinlar va boshqa gadjyetlarni ulash mumkin. Bundan tashqari, konnektor simsiz quvvat olish uchun ham qo‘llanishi kutilmoqda.
Smart Connector birinchi marta iPad Pro'da paydo bo‘lgan va simsiz klaviatura ulash uchun kerak bo‘lgan. Apple smartfonlarida bu portning paydo bo‘lishi haqida insayderlar iPhone 7 taqdimotidan avvalroq ma'lum qilishgandi.
Shuningdek, kompaniyaning so‘nggi patentlariga ko‘ra, iPhone 8 "suyuq metall" korpusga ega bo‘ladi. Bu material sirkoniy, titan, nikel, mis hamda boshqa metallarning o‘ziga xos qotishmasi hisoblanadi va o‘z tuzilmasiga ko‘ra, shishaga o‘xshab ketadi. U yetarlicha mustahkam va chidamlidir. Bundan tashqari, qotishma mayda "jarohatlar"ni yashirish xususiyatiga ham ega.
Mavzuga oid
21:23 / 28.10.2017
OAV: Saudiya Arabistonida to‘yga kelgan mehmonlarga "ayfonlar" sovg‘a qilindi
15:05 / 20.10.2017
iPhone 8 smartfonlarini ishlab chiqarish ikki baravarga qisqarishi kutilmoqda
16:40 / 15.10.2017
iPhone X'ning zaryadsiz ishlash vaqti barcha smartfonlarni ortda qoldiradi
19:10 / 06.10.2017