Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shvetsiya prokuraturasi Stokholmdagi terakt ijrochisini hibsga olishni so‘radi
Shvetsiya prokuraturasi Stokholmdagi teraktni amalga oshirishda gumon qilinayotgan 39 yoshli Rahim Oqilovni hibsga olishni so‘radi. Bu haqda prokuratura matbuot bayonotida ma'lum qilindi.
"Bosh prokuror o‘rinbosari Xans Irman gumonlanuvchini hibsga olish haqidagi arizasini Stokholm okrug sudiga topshirdi", deb aytildi xabarda.
Ushbu masala bo‘yicha sud yig‘ilishi 11 aprelda bo‘lib o‘tadi.
Avvalroq Shvetsiya davlat politsiyasi rahbari Dan Eliasson politsiya aynan Rahimov Stokholmdagi terakt ijrochisi ekanligiga ishonchi komilligini aytgandi. Uning aytishicha, politsiya Oqilovga nisbatan katta miqdorda dalil yiqqan.
Ma'lum qilingandek, Oqilovning o‘zi tergov izolyatorida so‘roq qilinish vaqtida jinoyatni sodir etganini tan olgan. Uning aytishicha, u Suriyadagi IShID terrorchilik guruhi buyrug‘iga ko‘ra harakat qilgan.
Mavzuga oid
11:00 / 27.05.2025
Liverpulda mashina odamlarga qarata haydalgani terakt deb hisoblanmayapti
10:00 / 14.05.2025
3 mlrd so‘mlik energiya resurslari talon-toroj qilingani aniqlandi
10:40 / 05.05.2025
Braziliya politsiyasi Ledi Gaga konsertidagi teraktning oldini oldi
16:03 / 30.04.2025