Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tanta va Iskandariyadagi teraktlarda halok bo‘lganlar oilasiga 5,5 ming funtdan to‘lab beriladi
Misr hukumati yakshanba kuni Tanta va Iskandariya shaharlarida amalga oshirilgan teraktlar oqibatida halok bo‘lganlar oilasiga 5,5 ming funtdan pul mablag‘larini to‘lab berish haqida ko‘rsatma berdi. Bu haqda mamlakat ijtimoiy birdamlik vaziri G‘ada Vali xabar berdi.
9 aprel kuni Misr shimolidagi Tanta va Iskandariya shaharlaridagi kopt nasroniylari qatnaydigan cherkovlarda xudkushlar tomonidan amalga oshirilgan ikkita terakt oqibatida 45 kishi halok bo‘ldi, 100dan ortiq inson jarohat oldi.
Misr hukumati dushanba kuni mamlakat prezidenti Abdul Fattoh as-Sisining davlatda uch oylik favqulodda holat kiritish haqidagi qarorini ma'qulladi.
Misr qonunchiligiga ko‘ra, davlat rahbarining vazirlar mahkamasi tomonidan ma'qullangan qarori parlamentga yuborilishi kerak, u yerda esa yetti kun davomida bu qaror tasdiqlanishi lozim. Aks holda prezident qarori o‘z kuchini yo‘qotadi.
Mavzuga oid
11:00 / 27.05.2025
Liverpulda mashina odamlarga qarata haydalgani terakt deb hisoblanmayapti
14:56 / 22.05.2025
Moskva chet elliklarni urushga qanday jalb qilmoqda? Fuqaroligini yo‘qotgan misrlik yollanma askar hikoyasi
15:41 / 19.05.2025
O‘zbekiston-Misr neft-kimyo va energetika sohasida loyihalarni amalga oshiradi
19:47 / 13.05.2025