Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Arsenal» London derbisida yirik hisobdagi mag‘lubiyatga uchradi
«Arsenal» Angliya chempionatining 32-turida mehmonda «Kristal Pelas»dan mag‘lubiyatga uchradi. Londondagi «Selxerst Park» stadionida o‘tgan uchrashuv 3:0 hisobida yakunlandi.
«Burgutlar»ni 1-bo‘limda Endros Taunsend hisobda oldinga olib chiqdi. Uchrashuvning 2-bo‘limida mehmonlar g‘alabasini Yoan Kabay va penaltini bexato amalga oshirgan Luka Milivoyevich yanada mustahkamladilar.
«Arsenal» shu turdan keyin 54 ochko bilan musobaqa jadvalida 6-o‘rinda qolmoqda, «Kristal Pelas» esa 34 ochko bilan 16-o‘rinni egallamoqda.
Angliya Premer-ligasi. 32-tur
Kristal Pelas – Arsenal 3:0 (1:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 17 Taunsend, 2:0 – 63 Kabay, 3:0 – 68, penalti Milivoyevich.
Kristal Pelas – Xennessi, Uord, Kelli, Sako, Shlupp, Milivoyevich (Flamini, 82), Kabay (Makartur, 74), Zaa (Dileyni, 88), Panchon, Taunsend, Benteke.
Arsenal – Martines, Belerin, Mustafi, Gabriel, Monreal, Jaka, El-Nenni (Remzi, 59), Uolkott (Oksleyd-Chemberlen, 69), O‘zil, Sanches, Uelbek (Jiru, 60).
Ogohlantirishlar: Mustafi (22).
Mavzuga oid
11:33 / 19.05.2025
«Roma» «Milan»ni yengdi va YeChL uchun kurashda qoldi, «Barsa» sovrin olgan kunida yutqazdi. Kun o‘yinlari
14:01 / 12.05.2025
Yevropa chempionatlarida YeChL uchun kurash qizimoqda. Kun o‘yinlari
02:17 / 08.05.2025
YeChL. "PSJ" javob o‘yinida ham "Arsenal"ni yengib, finalga chiqdi
12:27 / 04.05.2025