Jamiyat | 08:09 / 13.04.2017
14879
2 daqiqa o‘qiladi

Silvestr Stallone Warner Bros.'ni 24 yil avvalgi film sabab sudga berdi

Foto: Getty Images

Hollivudlik aktyor Silvestr Stallone Warner Bros. Entertainment’ni sudga berdi. U kompaniyani "Buzg‘unchi" ("Demolition Man, 1993) filmidan tushgan daromadlardan ulush to‘lamaganlikda ayblamoqda. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Los-Anjyeles sudiga yuborilgan da'vo arizasida aktyor shartnoma bandlariga ko‘ra, kartina umumiy hisobda 125 mln. dollardan ko‘proq mablag‘ ishlab topsa, bu mablag‘ning 15 foizini olishi kerak bo‘lgan. Stallonega tegishli Rogue Marble Productions kompaniyasi bayonotiga ko‘ra, "Buzg‘unchi" fantastik jangari filmi jahon prokatida 159 mln. dollar ishlab topgan.

Biroq Warner Bros. byudjyeti 57 mln. dollar bo‘lgan film o‘z xarajatlarini qoplamagani haqida ma'lum qilgan. Shundan so‘ng, Rogue Marble Productions voqeaga oydinlik kiritishni talab qildi, kinostudiya esa Stallonega hech qanday tushuntirishlarsiz 2,8 mln. dollarlik chek yuborgan.

"Kinostudiyalar xasisligi bilan mashhur", - deya Rogue Marble bayonotidan iqtibos keltiradi Bloomberg. 

Bloomberg ma'lumotlariga ko‘ra, 70 yoshli aktyor sudda g‘alaba qozonib, kinostudiyalarning shunday aldovli xatti-harakatiga chek qo‘yish niyatida.

Mavzuga oid