Jahon | 22:09 / 14.04.2017
12144
2 daqiqa o‘qiladi

Lukashenko 12 yoshli o‘g‘lini Qirg‘izistondagi sammitga olib bordi

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Qirg‘izistonda o‘tadigan Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqining Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishi va Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga (KXShT) kiruvchi davlatlar yetakchilarining uchrashuviga o‘zining kenja farzandi – 12 yoshli Nikolay bilan keldi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.    

Ta'kidlanishicha, Kolya bunday uchrashuvlarga xos tarzdagi kiyimda bo‘lgan: uning egnida yo‘l-yo‘l qora kostyum va oq ko‘ylak bo‘lgan. KXShT yetakchilarining norasmiy uchrashuvidan keyin Nikolayga qo‘riqchilar hamrohlik qilgan. 

Aleksandr Lukashenko o‘zining kenjatoyini tez-tez rasmiy safarlarga olib ketadi. Misol uchun, Lukashenko 2015 yil sentabrda 11 yoshlik o‘g‘lini BMTga rasmiy delegat sifatida olib kelgan.

Nikolay Lukashenkoning o‘zi esa davlat rahbari lavozimida otasining vorisi bo‘lib qolishni istamasligini aytgandi.

Lukashenkoning 3 nafar o‘g‘il farzandi bor: Viktor (1975 yilda tug‘ilgan), Dmitriy (1980) va Nikolay (2004).

Mavzuga oid