Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya chempionati. «Monako» hamon peshqadam, «Nitstsa» 40 yillik tarixiy natijani qayd etdi
Fransiya chempionatining 33-turiga kelib chempionatning dastlabki uch o‘rnini egallaydigan jamoalar aniq bo‘lib ulgurdi.
«Monako» o‘z uyida «Dijon»ni qabul qilib, irodali g‘alabaga erishgan bo‘lsa, «Nitstsa» «Nansi»ga qarshi o‘yinda shu qahramonlikni takrorladi. «PSJ» Di Mariyaning dubli evaziga «Anjyer» uyidan uch ochko bilan qaytdi.
«Monako» 77 ochko bilan peshqadamlikni saqlab qoldi. «Nitstsa» esa 73 ochko to‘pladi va 40 yildan buyon ilk marta chempionatni kamida 3-o‘rinda yakunlaydigan bo‘ldi. Jamoa kelgusi mavsumda Yevropa chempionlar ligasida ishtirok etadi. «PSJ» hisobida 74 ochko bor. Bu uchchala jamoa chempionlik uchun kurashni davom ettirmoqda.
Fransiya 1 ligasi, 33-tur
Monako – Dijon 2:1 (0:1)
Gollar: Dirar (69), Falkao (81) – Varro (42).
Monako: Subashich, Jyemerson, Fabino, Mendi, Glik, Bernardu Silva, Dirar, Mbappe (Moutinyu, 84), Bakayoko (Falkao, 60), Ture (Lemar, 46), Jyermen.
Dijon: Rene, Varro, Buka-Mutu, Shafik, Lote, Le-Melu, Balmon (Mare, 82), Amalfitano (River, 88), Sammaritano (Marten, 77), Tavaresh, Doni.
Ogohlantirishlar: Fabino (59), Sammaritano (67), Le-Melu (68), Buka-Mutu (90).
Nitstsa – Nansi 3:1 (1:1)
Gollar: Le Bian (35), Seri (51, penalti, 84) – Dale (26).
Nitstsa: Kardinal, Suke, Dante, Le Marshan, Dalbert, Kozello (Valter, 80), Seri, Rikardu Pereyra (Srarfi, 89), Belxanda, Esserik, Le Bian.
Nansi: Ndi Assembe, Kyuffo, Kabako, Kreten Basser, Setu, Gideleyye (Robik, 74), Pedretti, Ait-Bennasser, Dia (Xadji, 80), Dale, Pyuyo (Kura, 74).
Ogohlantirishlar: Pedretti (30), Dante (45), Pyuyo (58).
Anjyer – PSJ 0:2 (0:1)
Gollar: Di Mariya (28, 84).
Anjyer – Letele, Sissoko, Traore, Toma, Manko, Ndoyye, Santamariya, Mangani, Pepe (Bamba, 76), Dediu (Berigo, 82), Toko-Ekambi.
PSJ – Trapp, Ore, Markinos, Kimpembe, Maksvell, Verratti, Rabo, Matyuidi (Motta, 77), Di Mariya (Gonsalu Gedesh, 90), Kavani, Pastore (Lukas Moura, 69).
Ogohlantirishlar: Verratti (12), Toma (12), Dediu (58).
Monpele – Loryan 2:0 (2:0)
Gollar: Budebuz (8), Mbenza (27).
Gengam – Tuluza 2:1 (0:0)
Gollar: Brian (53, penalti), Mendi (62) – Delor (67, penalti).
Metts – Kan 2:2 (0:0)
Gollar: Sarr (65), Diabate (83) 1:1 – Santini (74), Rodelen (88).
Renn – Lill 2:0 (2:0)
Gollar: Mubele (3), So (29).
Mavzuga oid
21:13 / 21.10.2024
Rossiyada bankning sobiq rahbari o‘ziga 3 mlrd rubl kredit ajratib, Monakoga qochib ketdi
16:13 / 22.04.2024
Nitssadagi terakt: Parijda apellyatsiya jarayoni boshlandi
13:57 / 03.08.2023
«Arsenal» «Monako»ni yengib Amirliklar kubogini qo‘lga kiritdi
07:33 / 14.12.2022