Sport | 23:18 / 17.04.2017
15980
2 daqiqa o‘qiladi

Chempionshipdan APLga chiqqan ilk jamoa nomi ma'lum bo‘ldi

«Brayton» keyingi mavsumda Angliya premer-ligasida ishtirok etishini kafolatladi.

Kris Hyuton boshqaruvidagi jamoa mavsum yakuniga 3 tur qolganida «Uigan»ga qarshi uchrashuvda g‘alaba qozondi. Parallel ravishda kechgan «Haddersfild» va «Derbi Kaunti» jamoalari uchrashuvida esa 1:1 hisobidagi durang qayd etildi. Natijada, «Brayton» qolgan 3 turda qanday natijalar qayd etilishidan qat'i nazar kamida ikkinchi o‘rinni egallashi aniq bo‘ldi. 

Hyuton shogirdlari ayni vaqtda 92 ochko bilan birinchi o‘ringa joylashdi. To‘plar nisbati 73-36.

Turnir jadvalida «Brayton»dan keyingi 5ta o‘rinni «Nyukasl» (85 ochko), «Reding» (79), «Haddersfild» (78), «Sheffild Uensdey» (75) va «Fulhem» (73) egallab turibdi. Eng quyi 3 o‘rin esa «Blekbern» (44 ochko), «Uigan» (40) va «Roterhem» (18) tomonidan band etilgan.

Ushbu jamoa 1982/83 yilgi mavsumdan beri ilk marta Angliyaning eng yuqori divizionida ishtirok etadigan bo‘ldi.

 

Mavzuga oid