Jahon | 23:53 / 17.04.2017
41006
2 daqiqa o‘qiladi

Navalniy Alisher Usmonovning ayblovlariga javob berdi

Rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniyning Korrupsiyaga qarshi jamg‘armasi muxolifatchi rossiyalik milliarder Alisher Usmonov o‘ziga "U sizga Dimon emas" filmida qo‘yilgan ayblovlarga bergan izohlarida haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan faktlar borligini ma'lum qilgan videorolikni chiqardi.

Avvalroq Usmonov o‘ziga tegishli, uyi bor yer maydonining go‘yoki Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev bilan bog‘langan "Sotsgosproyekt" xayriya jamg‘armasiga berilishini uning qarorgohiga birikkan boshqa bir maydonga ayirboshlangani bilan tushuntirgandi.

Navalniy esa buning inkori sifatida Rosreyestrdan ma'lumotlar keltirib o‘tgan. Ularga ko‘ra, jamg‘arma yuqoridagi bitimda ishtirok etmagan, Usmonov aytayotgan yer maydoni esa tijorat firmasidan oldi-sotdi shartnomasi bilan xarid qilingan. Bundan tashqari, Navalniy videoda Usmonovning qarorgohining drondan olingan tasvirini tomoshabinlarga namoyish qilgan. 

Navalniy, shuningdek, jamg‘armaga berilgan yer maydonida uy qurilishi bilan birga uning yonida kichkina pravoslav ibodatxonasi qurilayotgan bo‘lganiga e'tibor qaratgan. U bunday xulosaga quruvchilar tomonidan "VKontakte" ijtimoiy tarmog‘ida chop etilgan suratlar asosida kelgan. Usmonov esa islom diniga e'tiqod qiladi. 

Usmanovga tegishli USM xoldingi matbuot xizmatida Navalniyning ayblovlariga izoh berildi. 

"Navalniy har doimgidek bo‘hton ag‘darmoqda. U tiyila olmay, Alisher Usmonov Shveytsariya rezidenti ekanligi va Rossiyaga soliq to‘lamasligini aytib, yana yolg‘on so‘zladi", deyilgan xabarda.

Xolding matbuot xizmatida "Sotsgosproyekt"ga yer maydoni berilishi bo‘yicha bitim batafsil izohlab berilgani qo‘shimcha qilindi.

Mavzuga oid