Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Janubiy Koreya yadroviy reaktorlari raketa zarbalariga dosh bera olmaydi
Janubiy Koreyadagi energetik yadroviy reaktorlarning tashqi qobig‘i raketa zarbasi yoki boshqa tashqi harbiy hujumga dosh berishga mo‘ljallanmagan. Bu haqda Janubiy Koreya parlamenti deputati Kim Chonxunga taqdim qilingan ma'ruzaga iqtibos keltirgan holda "Ryonxap" axborot agentligi xabar bermoqda.
Ma'ruza mamlakatda energiya ta'minotining 40 foizini ta'minlovchi katta atom va gidroelektrostansiyalarni boshqaradigan Korea Hydro & Nuclear Power Co. (KHNP) kompaniyasi tomonidan taqdim qilingan.
Germoqobiq o‘ziga xos konstruksiyadagi katta o‘lchamdagi inshoot bo‘lib, uning ichida reaktor qurilmasining asosiy uskunasi joylashgan. Bu qobiq avariya vaziyatida radioaktiv moddalarning atrof-muhitga tarqalishidagi oxirgi to‘siq hisoblanadi.
"Bu qobiqlar boshidan to‘fon, zilzila va boshqa tabiiy ofatlar vaqtida dosh berishga mo‘ljallab yaratilgan", deb aytdi deputat ma'ruzaga izoh berib. Uning aytishicha, qobiq portlashning to‘lqin zarbasi yoki bo‘laklariga ichki tomondan dosh bera olishi mumkin, tashqaridan esa dosh berolmaydi.
Chonxunning ta'kidlashicha, Janubiy Koreya harbiy va terrorchilik hujumlariga taalluqli xavfsizlik choralarini taraqqiy qilishda AQShdan bir necha yil orqada qolmoqda. Mamlakat tashqi tahdidlardan himoyalanish usullarini faqat o‘tgan yilning oxiridan baholashni boshladi.
"Mamlakat avvalgi yillarda faol harakatlarni amalga oshirmagani – ayniqsa Shimoliy Koreya tomondan ko‘payayotgan raketa tahdidlari ortida katta yo‘qotishdir", deb aytdi deputat. U kelgusida reaktorlar himoyasini kuchaytirish lozimligini qo‘shimcha qilgan.
Mavzuga oid
10:43 / 26.05.2025
“Koreyada olgan tajribani qishlog‘imda qo‘llamoqchiman” – bo‘sh yerlarni o‘zlashtirayotgan shahrixonlik yigit
00:47 / 24.05.2025
Janubiy Koreya loukosteri Seul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
20:01 / 21.05.2025
Ukrainaning Sumi oblastidagi poligoniga zarba berildi
17:25 / 07.05.2025