Putin O‘zbekiston bilan harbiy-texnikaviy hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni tasdiqladi
Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston bilan bilan harbiy-texnikaviy hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati ma'lum qilgan.
O‘zbekiston Mudofaa vaziri general-polkovnik Qobul Berdiyev va Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu 2016 yilning 29 noyabr kuni Moskva shahrida harbiy-texnikaviy hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risidagi bitimni va ikki mamlakat harbiy idoralari o‘rtasida 2017 yilga mo‘ljallangan ikki tomonlama hamkorlik rejasini imzolagandi.
Shartnomaga ko‘ra tomonlar Rossiya va O‘zbekistonda harbiy xavfsizlikni ta'minlash, ikki mamlakat Qurolli kuchlarining harbiy salohiyatini mustahkamlash, harbiy kadrlar tayyorlash, harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha qo‘shma tadbirlarni amalga oshiradi.
Shuningdek, bitim doirasida tomonlar bir-biriga harbiy maqsadlardagi mahsulotlar — qurol-yarog‘, harbiy texnika, ishlar, xizmatlar va boshqalarni yetkazib berishi mumkin. Bundan tashqari, tomonlar qurol-yarog‘ va harbiy texnikaga xizmat ko‘rsatish va ularni ta'mirlash ishlarini ham bajaradi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29 mart kuni «O‘zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida harbiy-texnikaviy hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risidagi Shartnomani ratifikatsiya qilish haqida»gi qonunni imzolagandi.
Putin va Mirziyoyev harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari xususida gaplashishdi
Mavzuga oid
09:01 / 21.06.2024
O‘zbekiston ishlayotgan erkaklar va ayollar uchun teng imkoniyatlar to‘g‘risidagi konvensiyani ratifikatsiya qildi
21:01 / 13.03.2024
Ish haqini himoya qilish to‘g‘risidagi Konvensiya ratifikatsiya qilindi
10:10 / 01.12.2023
Qozog‘iston bilan ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma ratifikatsiya qilindi
08:07 / 14.11.2022