Himoya himoyaga qarshi. «Lester»ning eng muhim kuni haqida
Yevropa Chempionlar ligasining yana bir qiziqarli uchrashuvi Angliyada bo‘lib o‘tadi. Shekspir bilan ertagini davom ettirayotgan «Lester» «Atletiko»ni qabul qiladi. Himoyaviy futbolni birinchi o‘ringa qo‘yayotgan ikki jamoa o‘yini haqida Tribuna.Uz batafsil to‘xtaladi.
«Lester» - «Atletiko» (18 aprel, Toshkent vaqti bilan 23:45, Match! Futbol 1)
Qiziqarli faktlar
— «Lester» YeChLda o‘z uyida kechgan barcha 4 uchrashuvda g‘alaba qozongan va 100 foizlik natija qayd etgan;
— «Atletiko» to‘rtinchi mavsumda uchinchi bor YeChL yarim finaliga yo‘llanma olishi mumkin;
— «Atletiko» Angliyada o‘tkazgan so‘nggi 8 uchrashuvning 4tasida mag‘lubiyatga uchragan. 2 marta g‘alaba qozona olgan xolos;
— «Lester» barcha musobaqalarni qo‘shib hisoblaganda ketma-ket 3 uchrashuvdan beri g‘alaba qozona olmayapti;
— «Atletiko» barcha musobaqalarni qo‘shib hisoblaganda 10 uchrashuvdan buyon mag‘lubiyatga uchramayapti.
Yo‘qotishlar
«Lester» tarkibida markaziy himoyachisi Robert Hut maydonga tusha olmaydi. Mendi va Vagu jarohat olib safdan chiqqan. Islam Slimanining maydonga tushishi so‘roq ostida qolgan. Sardor Uesli Morgan umumiy guruh bilan mashg‘ulotlar shug‘ullanishni boshlagan. Fitnes-testdan keyin uning maydonga tushish-tushmsligi aniq bo‘ladi
«Atletiko» tarkibida Tiago, Shime Vrsalko va Augusto Fernandes jarohati sabab o‘yinda ishtirok eta olmaydi. Ximenesning kartochkalari esa «qizil chiziq»qa yetib kelgan.
Taxminiy tarkiblar
Lester: Shmeyxel; Simpson, Morgan, Benaluan, Fuks; Mahrez, Ndidi, Drinkuoter, Olbrayton; Okazaki; Vardi.
Atletiko Madrid: Oblak; Xuanfran, Savich, Godin, Filipe Luis; Karrasko, Saul Ngiyes, Gabi, Koke; Grizmann, Gameyro.
Mavzuga oid
11:22 / 03.10.2024
«Real», «Bavariya» va «Atletiko» yutqazdi, «Yuventus»da dahshatli kambek. YeChLda sensatsiyalar kuni
11:34 / 30.09.2024
Madrid derbisida to‘polon, «MYu» yirik hisobda yutqazdi. Kun o‘yinlari
15:34 / 18.02.2024
«Barsa»ni noodatiy penalti qutqardi, Mbappe joker rolida. Yevropada kun o‘yinlari
15:34 / 05.02.2024