Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nazarov migratsiya agentligi rahbarligidan ketdi, vaqtinchalik rahbar ish boshladi
O‘zbekiston Mehnat vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi rahbari Ulug‘bek Nazarov o‘z lavozimini tark etgan. Bu haqdagi ma'lumotni agentlik vakili «Kun.uz» muxbiri bilan suhbatda tasdiqladi.
Manbaning ma'lum qilishicha, Asamov Hojibaxlil Fazlitdinovich agentlikka vaqtinchalik rahbar sifatida tayinlangan.
Bu o‘zgarish agentlik Janubiy Koreyada ishlashni istovchilarni ro‘yxatga olish bo‘yicha mart oyi oxiri va aprel oyi boshida o‘tkazgan test sinovlarida tushunmovchiliklar ro‘y berishi hamda buning ortidan jamoatchilikning noroziligi kelib chiqishi fonida ro‘y berdi.
17 aprel kuni «Kun.uz» manbasi agentlik binosida bo‘lgan va agentlik rahbari ishdan ketgani haqidagi dastlabki axborotni aniqlagandi.
Bugun esa Migratsiya agentligi o‘tkazgan ro‘yxatga olish va test sinovi natijalari bekor qilingani haqida ma'lum bo‘ldi.
Janubiy Koreya - qulflangan diyor. Migratsiya agentligining to‘rt kunlik tomoshasi
Ro‘yxatga olish natijalari Janubiy Koreyada ishlash istagidagi «talabgorlarning bilimini sinash jarayoni qatnashchilar orasida ko‘plab anglashilmovchiliklar va noroziliklarga sabab bo‘lgani» tufayli bekor qilingan.
Ro‘yxatga olish sanasi va tartibi haqida keyinroq rasman ma'lumot beriladi.
Mavzuga oid
14:24 / 24.03.2023
Mehnat migratsiyasi sohasida hamon “eski tos, eski tog‘ora”. Yashirin o‘yinlar mamlakat zarariga ishlayapti
12:32 / 12.03.2023
Migratsiya agentligi Rossiyada ishlayotgan o‘zbekistonliklarni ogohlikka chaqirdi
20:15 / 09.08.2022
Permdagi o‘zbeklar Ukrainadagi urushda qatnashishga da’vat qilindi. Migratsiya agentligi oqibatlardan ogohlantirdi
10:56 / 26.07.2022