Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirziyoyev Erdo‘g‘anga yangi zafarlar tiladi
18 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anni 16 aprel kuni bo‘lib o‘tgan referendumning muvaffaqiyatli natijalari bilan tabrikladi.
"O‘zbekiston Prezidenti mamlakatlarimiz orasida o‘zaro hurmat va ishonch tamoyillariga asoslangan yaqin hamkorlik munosabatlari tobora faollashib borayotganidan mamnunligini ta'kidladi va qardosh o‘zbek va turk xalqlari o‘rtasidagi do‘stona aloqalar yaqin istiqbolda sifat jihatdan yangi pog‘onaga ko‘tarilishiga ishonch bildirdi", — deyilgan O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabarida.
Qayd etilishicha, Mirziyoyev Turkiya prezidentiga sihat-salomatlik, baxt-saodat va mas'uliyatli faoliyatida yangi zafarlar, qardosh Turkiya xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va doimiy taraqqiyot tilagan.
Mavzuga oid
23:30 / 25.02.2020
Ochilishida Mirziyoyev va Erdo‘g‘an qatnashgan Anqaradagi Millat kutubxonasiga sayohat
09:51 / 15.10.2019
Tramp Erdo‘g‘anga qo‘ng‘iroq qilib, Suriyada o‘t ochishni to‘xtatishni talab qildi
00:34 / 27.09.2019
Misr Erdo‘g‘anning Mursiy haqidagi so‘zlari uchun Turkiyaga norozilik bildirdi
22:00 / 24.09.2019