4 yoshli farzandini 14,1 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi
Shu yilning 13 aprel kuni Toshkentda norasida bolani katta miqdordagi pulga sotish jinoyatining oldi olindi. Bu haqda Toshkent IIBBda bo‘lib o‘tgan brifingda ma'lum qilindi. Shu kuni Chilonzor tumani ichki ishlar idorasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro A. odam sotish orqali boylik orttirish maqsadida o‘zining voyaga yetmagan 4 yoshli farzandi (o‘g‘li)ni fuqaro B.ga 14 ming 100 AQSh dollariga sotayotgan vaqtda qo‘lga olindi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi “a” bandi, ya'ni odam savdosi jinoyat alomatlari bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Ayblanuvchi A.ga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Voyaga yetmagan bola Toshkent shahar IIBBga qarashli voyaga yetmaganlar ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirildi.
Ma'lum bo‘lishicha, Qarshi shahrida tug‘ilgan ayol shu yil 7 aprel kuni Toshkentga kelib, 3 yildan beri taniydigan ayolga qo‘ng‘iroq qilib, niyatini aytgan va yaxshi oila yoki xonadon bo‘lsa, o‘g‘lini tarbiya qilib olishlariga yordam berishini so‘ragan. Buning evaziga, Toshkentda bir xonali uy olib berishlarini so‘ragan. So‘ngra, bir xonali uylarning narxini surishtirib, 97 mln so‘mga bir xonali xonadon olish mumkinligini aytgan. Bolani sotib olmoqchi bo‘lgan shaxs ayolga dollar pul tulashini bildirgach, 97 mln so‘m uchun 14 100 dollar olishiga rozi bo‘lgan.
Shundan so‘ng, ayol pasporti nusxasiga 14 ming 100 dollarga o‘z bolamni sotdim deb yozib bergach, xaridor pulni bergan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Mavzuga oid
09:10 / 15.11.2024
Toshkentda dorilar savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi
18:38 / 13.11.2024
“Sharoitidan ham, o‘qituvchilaridan ham qo‘rqib ketdim” - Toshkentdagi o‘quv markazidan odamlar norozi
15:05 / 12.11.2024
Toshkent havosini ifloslantirishi mumkin bo‘lgan barcha obektlar nazoratga olindi - hokimlik
22:45 / 10.11.2024