Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ahmadinajod: AQShning Suriyaga zarbasi "urush yo‘li" tanlaganini bildiradi
Eron sobiq prezidentining fikricha, AQSh qurolli kuchlarining Suriyadagi Xoms viloyatidagi harbiy aerodromga raketa zarbalari berishi Vashington ushbu inqirozni hal etishning "urush yo‘li"ni tanlaganini bildiradi. Euronews telekanaliga intervyu bergan Mahmud Ahmadinajod shunday fikrlarni ilgari surdi.
"O‘ylaymanki, janob Tramp o‘z xalqiga bergan va'dasiga qaramay, urush yo‘lini tanladi. Men avval ham aytganman, yana takrorlayman, bu urush AQShning butun dunyodagi yetakchiligiga barham beradi. Bunday deyishimga ko‘plab sabablar bor", - degan u.
Sobiq davlat rahbarining aytishicha, Suriya inqirozini hal etish noharbiy usullar, mamlakat suverenitetini hurmat qilish va Suriya xalqi manfaatlariga tayanishi kerak.
"Eron, AQSh, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Turkiya – biz barchamiz Suriyada xavfsizlik, tinchlik va muloqotni tiklashga hissamizni qo‘shishimiz darkor. Biz Suriya xalqi irodasi qanchalik muhim ekanligini tushunishga yordam berishimiz kerak. Eng muhimi – Suriya xalqining tanlovi. Biz ularning tanlovini hurmat qilishimiz kerak", - degan u.
Ahmadinajod Eron prezidentligi uchun nomzod sifatida 12 aprelda ro‘yxatdan o‘tgan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
15:12 / 26.05.2026
Narkojinoyatda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025