Braziliya chempioni unvoni uchun ketgan 30 yillik bahsga chek qo‘yildi
Braziliya sudi "Sport Resifi" va "Flamengo"klublari o‘rtasida 1987 yilgi mamlakat chempioni unvoni uchun kechgan bahsga chek qo‘ydi. Sud qaroriga ko‘ra, "Sport Resifi" chempion deb topildi. Ushbu ish bo‘yicha sud taftishlari 30 yil davom etgan, deb xabar bermoqda ESPN telekanali.
1987 yilda Braziliyada birdaniga ikkita mamlakat chempionati o‘tkazilgan. Ulardan biri klublar tomonidan tashkil etilgan va unda "Flamengo" g‘olib bo‘lgan. 2-chempionat esa Braziliya futbol konfederatsiyasi tomonidan tashkillashtirilgan va unda "Sport Resifi" zafar quchgan. "Flamengo" mamlakatning mutlaq chempioni aniqlanishi kerak bo‘lgan uchrashuvda ishtirok etishdan bosh tortgan.
2011 yilda "Sport Resifi" birinchi taftishdan keyin chempion deb tan olingandi, biroq "Flamengo" 2016 yilda bu qaror ustidan yana bitta shikoyat arizasi topshirgan. Biroq ikkinchi shikoyat ham rad etildi.
Mavzuga oid
08:47 / 30.10.2022
«Flamengo» Skolari jamoasini mag‘lub etib, 3-bor Libertadores Kubogida g‘olib bo‘ldi
01:21 / 22.12.2019
«Liverpul» – 2019 yilgi klublar o‘rtasidagi jahon chempionati g‘olibi
15:30 / 25.11.2019
Hafta qahramoni: Gabigolning qaytishi
05:07 / 24.11.2019