Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eng boy rossiyalik tadbirkorlar ma'lum qilindi: Usmonov 2 pog‘ona pastladi, Mahmudov esa 2 o‘ringa ko‘tarildi
“Forbes” jurnalining Rossiya nashri 2017 yilning 20 aprel kuni Rossiyaning eng badavlat tadbirkorlari har yilgi reytingini e'lon qildi.
Ro‘yxatda gaz, neftkimyo sohalarida faoliyat olib boruvchi Leonid Mixelson ketma-ket ikkinchi yil birinchi o‘rinni egalladi. Uning boyligi 18,4 mlrd. dollarga baholandi. Ikkinchi pog‘onada qora metallurgiya, mashinasozlik va turizm bilan shug‘ullanuvchi Aleksey Mordashov 17,5 mlrd. dollar bilan qayd etilgan bo‘lsa, kuchli uchlikka asosiy faoliyati metallurgiya va transportga bog‘liq bo‘lgan Vladimir Lisin 16,1 mlrd. dollar mablag‘ bilan yakun yasab berdi.
Asli kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonov reytingning beshinchi o‘rnidan joy oldi. Usmonov o‘tgan yilgi ro‘yxat bilan solishtirganda 2 pog‘onaga pastladi. Uning davlati 15,2 mlrd. dollarga baholandi. Undan keyingi o‘rinda esa “Lukoyl” kompaniyasining 23 foiz aksiyalari egasi Vagit Alekperov 14,5 mlrd. dollar bilan egalladi. Neft sohasi bilan bog‘liq yana bir milliarder Mixail Fridman esa birdaniga besh o‘ringa tushib ketib, 7 pog‘onada qayd etildi – 14,4 mlrd. dollar.

Yangi ro‘yxatda “Chelsi” futbol klubi egasi Roman Abramovich o‘n ikkinchi o‘rinda joylashdi. U avvalgi ro‘yxat bilan solishtirganda bir pog‘onaga ko‘tarildi, davlati – 9,1 mlrd. dollarga teng. Fransiyaning “Monako” futbol jamoasi egasi Dmitriy Rybolovlev 7,3 mlrd. dollar bilan 15-o‘rinni egalladi. “Krasnodar” jamoasi xo‘jayini Sergey Galitskiy esa 6,8 mlrd. dollar bilan 18-o‘rinda qayd etildi.
Asli kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan yana bir rossiyalik tadbirkor Iskandar Mahmudov bu yilgi reytingda 19-pog‘onani egalladi. Uning boyligi – 6,5 mlrd. dollarga teng. Asli kelib chiqishi dog‘istonlik bo‘lgan Sulaymon Kerimov esa birdaniga 24 o‘ringa ko‘tarilib, 21-pog‘onani egalladi – 6,3 mlrd. dollar.
“Spartak” futbol klubi egasi va “Lukoyl” kompaniyasining 9,8 foizlik aksiyalari egasi Leonid Fedun 6,3 mlrd. dollar bilan 22-o‘rinda joylashdi. Rossiya prezidenti Vladimir Putinning do‘sti Arkadiy Rotenberg esa 2,6 mlrd. dollar bilan 39-o‘rinni egalladi.

Mavzuga oid
20:26 / 01.04.2025
Forbes milliarderlar ro‘yxatini yangiladi: Usmonov O‘zbekiston vakili sifatida ko‘rsatilgan
16:46 / 14.03.2025
Alisher Usmonovning singlisi Gulbahor Ismoilova sanksiyalardan ozod etilgan bo‘lishi mumkin
22:38 / 14.02.2025
Telegramʼda «Alisher Usmonov aksiyasi» nomli 200 dan ortiq guruh ochib, firibgarlik bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi
19:54 / 08.02.2025